So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Yaman bilan uchinchi bor o'ynaymiz Yangiliklar

Yaman bilan uchinchi bor o'ynaymiz

3 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Yamanga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'zbekiston va Yaman terma jamoalari shu kunga qadar ikki bor rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. Har ikkala bahs ham JCH-1998 saralashi doirasida 1997 yil bo'lib o'tgan. 

1997 yilning 9 may kuni Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining tarixiy o'yinini o'tkazgan. Sana shahrida Yaman mehmoni bo'lgan O'zbekiston Jahon chempionatlari saralashi doirasidagi o'zining dastlabki o'yinini o'tkazgan edi. O'sha uchrashuvda hozirda "Paxtakor" murabbiyi bo'lib ishlayotgan No'mon Hasanovning penaltidan urgan goli evaziga vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchishgan. Birinchi bo'lim o'rtalarida Ilhom SHaripov qizil kartochka olgani ham etiborga molik.

Yaman - O'zbekiston 0:1
Gol: No'mon Hasanov 30 penalti
O'zbekiston: Pavel Bugalo, Fevzi Davletov, Rustam SHoymardonov, Andrey Fyodorov, Baxtiyor Qambaraliev, Abduqahhor Marufaliev (Muxtor Qurbonov, 46), Ilhom SHaripov, Nikolay SHirshov (SHuhrat Rahmonqulov, 65), No'mon Hasanov, Ravshan Bozorov, Oybek Usmonxo'jaev (SHuhrat Maqsudov, 82).
Ogohlantirishlar: Rustam SHoymardonov 50, Nikolay SHirshov 38.
CHetlatish: Ilhom SHaripov 34.

Yamanga qarshi ikkinchi o'yin 24 avgustda Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida 20000 tomoshabin guvohligida bo'lib o'tgan. Bu safar O'zbekiston raqibi ustidan yirik 5:1 hisobida ustun kelgan. Igor SHkvirin va Oleg SHackix ikkitadan gol urishgan bo'lsa, yana bir to'p Ravshan Bozorov hisobiga yozilgan.

O'zbekiston - Yaman 5:1
Gollar: Igor SHkvirin 6, 68, Oleg SHackix 61, 80, Ravshan Bozorov 67 - Omar Al Ariki 31.
O'zbekiston: Vladislav Filippov, Aleksandr Xvostunov, Rustam SHoymardonov, Eduard Mamotov (Jafar Irismetov, 80), Ruslan Uzoqov, Ilhom SHaripov (Oleg SHackix, 46), Toxir Madrahimov, Nikolay SHirshov, Aleksey Vinnikov, Igor SHkvirin, Rustam Do'rmonov (Ravshan Bozorov, 46).
Ogohlantirishlar: Nikolay SHirshov 14, Eduard Mamotov 43, Oleg SHackix 58.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика