So’nggi yangiliklar

12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  0 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  15 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  2 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  5 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  28 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  18 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  3 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  18 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  174

Yahyo Gulmuhammadi: "Guruhdan chiqish qiyin bo'ladi, ammo biz bu vazifani bajarish uchun bor kuchimizni ishga solamiz" Yangiliklar

Yahyo Gulmuhammadi: "Guruhdan chiqish qiyin bo'ladi, ammo biz bu vazifani bajarish uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

"Bunyodkor" - "Zob Ahan" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Yahyo Gulmuhammadi uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi bahs og'ir kechishini bilgan edik. Har ikki jamoa tajovuzkor o'yin ko'rsatdi. Himoyadagi tartibli harakat tufayli bu natijaga erishdik. Futbolchilarim bugun borini berib o'ynashdi, ulardan mamnunman.

Har ikki jamoada gol kiritish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Darvozabonlar bahsning eng yaxshi futbolchilari bo'lishdi. O'zbekistonda 1 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman. Bizning maydonda bo'ladigan uchrashuv bugungidan osonroq kechadi. Yigitlarim bilan faxrlanaman.

"Bunyodkor", "Lahviya, "Al Nasr" Osiyoning kuchli klublari deb o'ylayman. Guruhdan chiqish qiyin bo'ladi, ammo biz bu vazifani bajarish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Birinchi bo'limda himoyada tartibli o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Uchrashuvning ikkinchi yarmida raqib jamoa 3 nafar hujumkor futbolchini maydonga tushirdi. Bosim bo'lgani sababli hujumga ko'p o'tmadik.

Eron futboliga keladigan bo'lsak, mamlakatimiz klublari barqaror o'yin ko'rsatmayotganiga ko'plab sabablar bor. Ularning asosiysi, sharoitlarda oqsayapmiz. Futbolga ko'proq etibor berishlarini istaymiz.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, bu haqda hech qanday malumotga ega emasman. OFK bizga bu uchrashuv neytral maydonda bo'lishini malum qildi" - deydi murabbiy.


Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Muhammadrashid Mazaheri (darvozabon):

Bugun 3 ochko uchun maydonga tushgan edik, ammo qo'lga kiritilgan 1 ochko ham yomon emas deb o'ylayman.

Meni eng yaxshi deb tanlagan yigitlarga rahmat. Ushbu uchrashuv yakunlandi va endi keyingi bahs haqida o'ylaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика