Xvicha Kvaracxeliya orden oladi
03 iyu 2025 18:20
Yangiliklar
Xvicha Kvaracxeliya orden oladi
Mamlakat hukumati parijliklarning Chempionlar ligasidagi g'alabasidan so'ng shunday qarorga keldi.
"Xvicha Kvaracxeliyani Chempionlar Ligasidagi g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Bu futboldagi cho'qqi. Shubhasiz, Xvicha Kvaracxeliya qo'lga kiritgan g'alaba har birimiz uchun alohida iftixordir. Bu butun mamlakatimizning g'alabasi, buni har bir muxlis shunday qabul qildi. Tabriklashdan tashqari, yurtimizga keltirgan o'sha g'alabasi uchun ham rahmat aytishimiz kerak. Ishonchim komilki, bu hali u ko'p marta erishadigan yuksak cho'qqilarni zabt etishning boshlanishi, xolos. Unga kelajakda ham katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Bizda shunday anana bor - sportchilarimiz yuksak marralarga erishsa, oliy davlat mukofotlariga taqdim etamiz. Chempionlar Ligasidagi g'alaba aynan shunday etirofga loyiq bo'lgan yutuq deb hisoblayman. O'tgan yili u milliy jamoadagi muvaffaqiyati uchun "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan edi, endi esa Chempionlar Ligasidagi g'alabasi uchun uni Avliyo Georgiy nomidagi G'alaba ordeni bilan taqdirlashga taqdim etmoqchiman.
Bu uning davlatdan oladigan juda munosib mukofoti, deb o'ylayman. Bu borada Gruziya prezidenti, parlament raisi bilan maslahatlashdik va bir ovozdan shunday qarorga keldik. Gruziya prezidenti uni davlatning oliy mukofoti - Avliyo Georgiy nomidagi G'alaba ordeni bilan taqdirlaydi", - deya Kobaxidzening so'zlarini keltiradi 1tv.ge internet-portali.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar