So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

Xushnudbek Avilov: "Bir marotaba qilgan bu xatoimni boshqa takrorlashni istamayman" Yangiliklar

Xushnudbek Avilov: "Bir marotaba qilgan bu xatoimni boshqa takrorlashni istamayman"

O'tgan mavsum "Navbahor" jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan himoyachi Xushnudbek Avilov klub bilan xayrlashdi.

Xo'sh, nima sababdan bunday holat yuz berdi? Endilikda faoliyatini qaerda davom ettiradi? Futbolchi bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Mavsum davomida kam uchrashuvda maydonga tushganingiz nima bilan bog'liq?

- Xa, to'g'ri aytdingiz. "Navbahor"da ko'p ham to'p tepmadim. Lekin menga boshqacha gap aytishgandi. Markaziy himoyada o'ynaysan, deb shartnoma tuzishgandi. Lekin buning aksi bo'ldi. Maydonga deyarli tushganim yo'q.

- Davralar oralig'ida "Andijon"ga qaytmoqchi bo'lgan edingiz...

- Buni o'zim istadim. "Andijon"ga yordam berishni maqsad qilgan edim. Nega desanngiz, ko'pchilik muxlislar mendan norozi bo'lib qolgandi. SHuning uchun ham Andijonga qaytaman, deb turgandim. 

- Hozirda bu jamoa Pro ligaga tushib ketdi. Takliflarning qaysi ligadan ekanligi ham qiziqtiradimi? 

- Hozir Pro liga ham Superligadan qolishayotgani yo'q. Buni ko'rib chiqamiz. Bir marotaba qilgan xatoimni yana takrorlashni xohlamayman. 

- Zaxirada o'tirib ham pulingizni olib o'tirsangiz bo'lardi. Lekin o'yin amaliyotini ustun qo'ymoqdasiz to'g'rimi?

- To'g'risini aytaman. Qancha pul olmang maydonga tushmasangiz yoqmaydi. Buni bir yil davomida bildim.

- "Navbahor" bilan do'stona xayrlashdingizmi? Odatda qishda futbolchi va klub o'rtasida maosh, shartnomalar bilan bog'liq muammolar ko'payadi...

- Yo'q, hali pul masalasida rozi qilishmadi. Klubni qarzi bor. 

- O'tgan oyda xorijdan taklif ham kelib tushgandi. Hozirda jarayon qanday ketmoqda?

- Hozirda o'zimizdan jamoalar chiqyapti. 1-2ta davlatlardan taklif bo'lgandi. "Navbahor" qo'yib yubormadi. 

Abdulaziz  Iskandarov

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика