Xotira va qadrlash kuniga. SHamil Tolipovni xotirlab
09 may 2014 10:20
Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuniga. SHamil Tolipovni xotirlab
Bugun 9 may kuni xotira va qadrlash kuni. SHu munosabat bilan o'zbek futbolida faoliyat olib borgan va unda xizmat qilgan marhumlarni eslashni burchimiz deb bildik.
O'zbek futboli jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lgan va o'zidan iliq taassurot qoldirgan ko'plab marhumlar bor ekanligi hech kimga sir emas. Ularni har birini eslash uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi.
Oxirgi bir necha yillar mobaynida Bekobodning Metallurg jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelgan SHamil Tolipov bugun oramizda yo'q. Marhum murabbiy uzoq yillardan buyon Rustam Mirsodiqov bilan hamkorlikda ishlab keldi. SHu bois Rustam To'xtamurodovich bilan suhbatlashib, SHamil Tolipovni esladik.
- (Biroz o'ylanib) Bilasizmi, SHamil haqida juda ko'p va uzoq vaqt gapirish mumkin. CHunki uni juda ham samimiy va eng muhimi insoniylik jihatdan ko'ngli toza edi deb bilaman. Metallurgda ko'p yillar davomida birga ishladik. Bu vaqt oralig'ida sen, menga bormaganmiz. Bir-birimizni tushunib ishlaganmiz. Yaratgan egam peshonasiga shuni yozgan ekan, afsuski hozirda Tolipov biz bilan emas. Bugungi kunda uning foydali maslahatlari va tajribasi bizga juda zarur bo'lmoqda. Nima ham derdik, SHamilning oxirati obod bo'lsin!, - deydi Rustam Mirsodiqov.

Fikrlar