So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Xotira va qadrlash kuniga. Samoga sochilgan yulduzlar Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuniga. Samoga sochilgan yulduzlar

Bolaligim Surxon vohasining qishloqlaridan birida o'tgan.
Otam uzoq yillar jamoa xo'jaligida texnik-mexanik, muhandis vazifalarida mehnat qilganlar. Uyimiz shundoqqina xo'jalik idorasi yaqinida bo'lgani tufayli rahbarlar, faollar xonadonimizga juda ko'p tashrif buyurishardi. Ayniqsa, “Paxtakor” jamoasi o'ynaydigan kunlarda hovlimiz mehmonlar bilan to'lib-toshardi... SHunday kunlarni biz bolakaylar zo'r orziqish bilan kutardik. Ayniqsa, “Paxtakor” yutsa, uyimizda katta bayram bo'lardi.



Hamon esimda. 1979 yil 8 avgust. SHu kuni Toshkentda paxtakorchilar sobiq ittifoq oliy ligasining navbatdagi uchrashuvida Voroshilovgradning “Zarya” futbolchilarini qabul qilgandi. Unda “Paxtakor” raqibini 3:1 hisobida enggan. Xonadonimizga yig'ilgan mehmonlar sevimli jamoamizning chiroyli g'alabasini o'ziga xos tantana qilib, zo'r kayfiyatda “yuvishgandi”. O'sha vaqtda jamoa xo'jaligi paxtachilik bo'limi boshliqlaridan biri, ashaddiy ishqiboz (oxiratlari obod bo'lsin) Begimqul Oqnazarov o'yin tugagach, otamga yuzlanib “Hali ko'rasan, shu zaylda o'ynaversa, “Paxtakor”imiz bu yil albatta kuchli uchlikka kiradi”, deganlari esimda...

Afsus va nadomatlar bo'lsinki, bu orzu hamda tilak ro'yobga chiqmadi. Aniqrog'i, oradan bir necha kun o'tar-o'tmasdan millionlab ishqibozlar qalbini chuqur qayg'uga solgan mudhish falokat ro'y berdi. Kundan kun kuchga to'lib, chiroyli va hujumkor o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozonib borayotgan sevimli “Paxtakor” jamoasi 1979 yil 11 avgust kuni osmonu falakda ikki havo kemasining to'qnashib ketishi oqibatida halokatga uchradi. Garchi, bu shum xabar tezda ommaviy axborot vositalari orqali elon qilinmagan bo'lsa-da, xalqimiz qalbini chuqur qayg'uga soldi, yuragini larzaga keltirdi.



O'sha voqea sodir bo'lgach, biz bolakaylarga yaxshi tanish bo'lgan, xonadonimizda zo'r kayfiyatda televizorda futbol tomosha qilgan amakilar keyin ham tashrif buyurishgani, turfa mish-mish va taxminlar asosida “Paxtakor-79” voqeasini o'zlaricha muhokama qilishganini yaxshi eslayman.Achinarlisi, yuz bergan aviahalokat haqiqat edi.

Keyinchalik elon qilingan rasmiy malumotlarga ko'ra, voqea shunday yuz bergan: 1979 yil 11 avgust. Soat 13.38. Toshkent - Gurev - Doneck - Minsk havo yo'nalishi bo'yicha 65816 reys bilan parvoz qilayotgan havo kemasi 8400 metr balandlikda CHelyabinsk - Kishinyov marshrutidagi 65735 raqamli reysdagi boshqa havo layneri bilan to'qnashadi. Dahshatli halokat ikkala samolyotdagi 178 yo'lovchi hamda ekipaj azolarini hayotdan olib ketdi. Ular orasida jonajon “Paxtakor”imizning istedodli o'n etti o'g'loni ham bor edi...

Oradan ikki hafta o'tib, boshqalar qatori “Paxtakor” jamoasini Evrokubok bahslarida ko'rishni orzu qilib yurgan Begimqul aka qo'lida bir tutam gazetalar bilan paydo bo'ldilar. Kayfiyatlari nihoyatda tushkun bo'lsalar-da, gazetalardan birini qo'limga tutqazib, “Mana qaragin, “Paxtakor”ning qanday o'yinchilari bor edi-ya?! Gazetadan avaylab, qaychi bilan har birining rasmini kesib albom tayyorlasa bo'larkan, nevaram”, deganlari haliyam quloqlarim ostida jaranglaydi. Bugun ashaddiy ishqibozlardan biri bo'lgan bu inson ham oramizda yo'q. Ammo u menga taqdim etgan gazetadan chiroyli qilib kesib olingan suratlar yopishtirilgan albom varag'ini hamon asrab avaylab kelaman. Ohori uchib, sarg'ayib qolgan bo'lsa-da, ulardan boqib turgan o'n etti paxtakorchi go'yo tirikdek. O'sha paytda ularning faqatgina familiyalarini yoddan bilgan bo'lsam, endilikda barchasining ismi-sharifi yaqin qadrdonlarimdek xotiramga bir umr muhlanib qolgan:
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, sport ustasi Idgay TAZETDINOV,
Monreal olimpiadasi bronza medali sovrindori Vladimir FYODOROV,
Yoshlar o'rtasida Evropa chempioni Mixail AN,
Sport ustalari:
Olim ASHIROV, Aleksandr KORCHYONOV, Sergey POKATILOV, Ravil AGISHEV, Nikolay KULIKOV, Yuriy ZAGUMENNIX, Vladimir MAKAROV, Konstantin BAKANOV, Viktor CHURKIN,
Sport ustaligiga nomzodlar:
SHuhrat ESHBO'TAEV, Vladimir SOBIROV, Sirojiddin BOZOROV,
Jamoa shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Vladimir CHUMAKOV,
Jamoa adminstratori Mansur TOLIBJONOV.



Endigina sakkiz yoshga to'lgan bo'lsam-da, “Paxtakor-79” halokati menga ham qattiq tasir qilgandi. So'ngra paxtakorchilarning o'yinlarini qoldirmasdan kuzatadigan ashaddiy muxlislar safiga qo'shildim. Maktabni bitirib, jurnalistika sohasini tanladim. Taqdirimni sport jurnalistikasi bilan bog'lashimga ham aslida “Paxtakor” sababchi bo'lgan, desam adashmayman.  

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ga o'qishga kirgach, birinchi qilgan ishim - poytaxtimizning Botkina qabristonida paxtakorchilar nomini abadiylashtirish maqsadida qad rostlagan xotira memorialini ziyorat qilish bo'lgan. Ularning nomi bilan atalgan ko'chalarni aylanganman.

Talaba bo'lib, qishloqqa qaytgach, Begimqul aka meni tarbiklar ekanlar, “Sendan bir iltimosim bor. Agar ilojini topsang, televideniega bor. Arxivda shu paxtakorchilar o'ynagan o'yinlar saqlanadi, deb eshitganman. Hech bo'lmasa, birorta o'yinidan nusxa ko'chirib kelsang, rosa duo qilardim”, degandilar.



Bu iltimosni bajarish niyatida taniqli futbol sharhlovchisi, sportimiz faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar ustozi Axbor Imomxo'jaevga uchrashdim.

Qaniydi, ilojisi bo'lsa, u paytlarda televideniening texnik imkoniyatlari cheklangan edi, - dedilar Axbor aka. - Bunday ko'rguliklar yuz berishi etti uxlab tushimizga ham kirmagan. Hatto, “Paxtakor-79” jamoasining oxirgi o'yini tushirilgan tasmalardan ko'p o'tmay boshqa tasvirlarni suratga olishda foydalanib yuborilgan. SHu bois, birorta ham o'yinni arxivda saqlab qolishning imkoni bo'lmagan.

Afsuski, hamqishlog'imning iltimosini amalga oshira olmadim. Garchi, avvaliga Begimqul aka mendan biroz ranjigandek bo'lsa-da, keyin “Nachora, ilojimiz qancha?! Lekin ularning o'yinlari tasmalarda emas, odamlarning yuragida muhrlanib qolganini hech qachon yodingdan chiqarmagin”, deganlari meni yanada tasirlantirdi.

Bugungi kunda ham hukumatimiz va keng sport jamoatchiligi “Paxtkor-79” xotirasini abadiylashtirish va ezozlashga alohida etibor qaratib kelmoqda. Har yili mamlakatimiz poytaxti va turli viloyatlarda ularning xotirasiga bag'ishlab ananaviy turnirlar tashkil etiladi. Sirdaryo viloyatining Yangier shahri (Nikolay Kulikov), Samarqand viloyatining Narpay tumani (Sirojiddin Bozorov), Buxoro shahri (Ravil Agishev va Vladimir Sobirov), Navoiy shahri (SHuhrat Eshbo'taev), Toshkent viloyati (Mixail An, Olim Ashirov, Vladimir Fyodorov)da muntazam o'tkazilayotgan musobaqalar ana shular jumlasidandir.

Yaqinda xizmat safari bilan Navoiy shahrida bo'ldim. Sport faxriylari, hamkasblar hamrohligida SHuhrat Eshbo'taev qabrini ziyorat qildik. Navoiylik futbol mutaxassislari, faxriylar hamda SHuhrat Eshbo'taevning qarindoshlari bilan suhbatlashdik, uni yana bir bor xotirladik, yodga oldik. 


Diqqatga molik tomoni, navoiylik bir guruh futbol fidoiylari maslahatlashib, marhum paxtakorchi o'sib-ulg'aygan mahallada “SHuhrat” jamoasiga asos solishibdi. Bir necha yildirki, mazkur jamoa azolari viloyat birinchiligida munosib qatnashayotganligini eshitib, ko'nglim tog'dek ko'tarildi...

Bu yil “Paxtakor-79” jamoasining aviahalokatga uchraganiga o'ttiz besh yil to'ladi. Ammo marhum paxtakorchilar xotirasi futbolsevar xalqimiz qalbida bir umr yashaydi va porlaydi!



Xotira - uyg'onsa go'zaldir. Futbolimiz sahifalarida yorqin va o'chmas iz qoldirgan insonlarni yod etish, ular xotirasini ezozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farz!...

Erkin XOLBOBO
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика