Xotira va qadrlash kuniga. Lev Yashinni xafa qilgan Qobiljon bobo
09 may 2014 09:12
Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuniga. Lev Yashinni xafa qilgan Qobiljon bobo
Futbolsiz o'zbek sportini tasavvur etish juda ham qiyin. Muxlislar ushbu sport turi tarixi, vatani, uning rivoji to'g'risida etarli malumotga egalar, albatta.
Lekin o'zbek futboli ravnaqiga yurtimizda o'z hayotini baxshida etgan fidoiy insonlar haqida yana ham kengroq malumot berish asosiy burchimiz hisoblanadi.
Bugungi didi, dunyoqarashi kun sayin o'zgarayotgan ishqibozlarning, millionlar o'yinining Vatanimizdagi rivojlanish tarixiga oid bo'lgan bilimlari, tushunchalari etarlimi? Ming afsuski, ko'p yurtdoshlarimiz bilan bo'lib o'tgan muloqatlarda, ularning bu borada unchalik ham etarli bilimga ega emasligi, ushbu soxada hali ko'pgina bajariladigan ishlar borligi malum bo'lib qolmoqda.
SHu bois futbolimiz, qolaversa Paxtakor jamoasi shakllanishida tamal toshi qo'ygan, o'zining butun hayotini, umrini baxshida etgan ison – marhum Qobiljon Muqimovning aziz xotirasi, futbolchilik va murabbiylik faoliyatining ayrim qirralari haqida sizlarga malumot berishni anchadan buyon dilimga tugib qo'ygan edim.
Qobiljon Muqimov 1934 yil Toshkent shahrining Qoshiqchi mahallasida tavallud topgan. Eski shahardagi 16 maktabda bilim olgan. Turmush o'rtog'i Elvira opa bilan uch o'g'il va bir qizni voyaga etkazishgan.
…Hozirgi CHorsu metrosi yonida bo'lgan o'sha davrning mashhur Spartak o'yingohiga Labzak, Qoratosh, Sassiqhovuz, Qo'shtut mahallari yaqin bo'lgan. Qobiljon Muqimov ham mahalla bolalari bilan birgalikda Spartakda o'tadigan barcha qiziqarli uchrashuvlarning guvohi bo'lish bilan birga, o'zlari ham maydonda to'p tepishgan. SHu-shu millionlar o'yiniga bo'lgan mehr kuchliligi tufayli, Ostrovskiy nomli bolalar va o'smirlar uyi qoshidagi futbol to'garagiga azo bo'ladilar.SHunday qilib maktabda o'qish bilan birga, birinchi murabbiylari Iosif Butman qo'l ostida futbolning ilk sir-asrorlarini qunt bilan o'rganishga astoydil kirishadilar.
1951 yil Qobiljon Muqimov bolalar uyi qoshidagi jamoa safiga qabul qilindi. 1953-55 yillarda esa mahalliy yigitlardan tashkil topgan Spartak jamoasiga taklif etildi. SHu jamoa asosida Respublikamizning bosh klubi Paxtakorga asos solindi. O'sha yili Qobiljon Muqimov hayotida unutilmas voqealarga boy bo'ldi. 1956 yil 8 aprel kuni u kishi Paxtakor tarkibida Molotov shahri jamoasiga (hozirgi Perm, Rossiya) qarshi dastlabki rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. O'yinda jamoamiz 1: 0 hisobida g'alaba qozongandi.
SHu kuni Paxtakor tarkibida maydonga tushganlar: Volostnov, Azizxo'jaev, Kozenkov, Vitkalov, Tazetdinov, Muqimov, Kaprov, Maksudov, Kanunnikov, Murashov, Borkin. Yagona golni o'yinning 44-minutida Laziz Maqsudov kiritgan.O'sha yili Moskvada Lujniki sport majmuasining ochilish marosimi bo'lib, sobiq Ittifoq xalqlari sparakiadasi o'tkazilgandi. Qobiljon Muqimov ham o'sha kata tadbirda respublikamizning futbol terma jamoasi tarkibida maydonga tushib, muaxassislar etiborini qozongan. SHundan so'ng, Qobiljon Muqimovni bir nesa kuchli jamoalar o'z saflariga taklif etishgan.
Moskvadagi o'yinlar vaqtida Selskaya jizn gazetasi – O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Q.Muqimov qishloq xo'jaligi sohasida ishlasada, o'zining chiroyli harakatlari bilan muxlislarni xushnud etmoqda, - degan fikrlarni chop etgandi.
1956-57 yillari ikki mavsum davomida u Paxtakor tarkibida I.Tazetdinov. O.Motorin, I.Borkin, L.Maqsudov,O.Jmak, YA.Kaprov, A. Azizxo'jaevlar bilan birgalikda to'p surgan va jami 47 bor maydonga tushib. 5 to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. 1958 yildan boshlab esa murabbiylikda ish boshladi. Q. Muqimov o'sha davrda O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri Jo'ra Xonazarov takliflari bilan Respublika birinchiligida ishtirok etgan Oqqo'rg'on tumanining Sovxozchi jamoasi murabbiyligini qabul kiladilar. Keyinchalik esa qishloq xo'jaligi jamoalarining sobiq Sobiq Ittifoq birinchiligida qatnashib, oqqo'rg'onliklar faxrli 3-o'rinni egallashdi.
SHundan so'ng, Qobiljon Muqimov Paxtaorol, Hisor, Besh yillik jamoalarida murabbiy bo'lib faoliyat ko'rsatdi. U kishi rahbarligida Besh yillik jamoasi, Oltin boshoq sobiq butunittifoq musobaqasida faxrli birinchi o'rinni egallashdi. 1966-69 yillari Davlat sport ko'mitasi tarkibida bo'lgan futbol bo'limini boshqargan. Aynan uning rahbarligi davrida paxtakorchilar sobiq ittifoq kubogi finaligacha etib borishgan edi.
Malumki 1956 yil avstraliyaning Melburn shahrida Yozgi olimpiada uyinlari bo'lib o'tgandi. Bahslarda ishtirok etuvchi sobiq Ittifoq futbol termasi tayyorgarlik mashg'ulotlarni Toshkentda o'tkazdi. Paxtakor bilan 1956 yil 7 noyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvi uyushtirilib, terma jamoa vakillari 11:1 hisobida g'alaba qozondi. O'shanda olimpiadachilarning mashhur afsonaviy Lev Yashin qo'riqlagan darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifi Qobiljon Muqimov bo'lganlar. O'yindan so'ng, afsonaviy Lev Yashin – Qaysi futbolchi meni xafa qildi, gol urgan yigitchani menga ko'rsatingchi? degan ekan. O'sha yili sobiq Sobiq ittifoq jamoasi olimpiada chempioni bo'lgan.
Aziz muxlis, yurtdosh, sizlarga futbolimiz fidoyisi Q. Muqimov haqida qisqacha bo'lsa-da malumot berdim…
Pochchaxon Otaxanov, Laziz Maqsudov, David Berlin, Muso Xo'jaev, Qobiljon Muqimov kabi vatandoshlarimiz yurtimiz futboli rivojiga munosib ulush qo'shganlar toifasiga kiradi. Hozir esa ular oramizda yo'q! Ayni ushbu xotira va qadrlash kunlari marhumlarni xotiralash biz tiriklarning asosiy burchimizdir. Biz umid qilardikki, yaqin yillar ichida ular nomiga xotira turnirlar o'tkazilsa, sovrinlar tashkil etilsa, marhumlarning ruhlari bizni doimo qo'llab quvvatlaydi.
Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek:
Bu gulshan ichraki, yo'qdir baqo guliga sabot.
Ajab saodat erur, yaxshilik bila qolsa ot.
Sultanov Turdiboy

Fikrlar