Xose Venansio Lopes: "Kosta-Rikaga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng"
17 sen 2024 23:03
Yangiliklar
Xose Venansio Lopes: "Kosta-Rikaga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng"
– Mag'lubiyatning asosiy sababi nima bo'ldi?
– CHunki Paragvay bugun bizdan yaxshiroq o'ynadi. Ular o'yinni nazorat qilishdi, vaziyatlarni golga aylantirishdi. Sabab shunda.
– Muxlislar sizdan ko'p narsa kutishgandi, biroq malum sabablarga ko'ra natijalar u qadar yaxshi bo'lmayapti...
– Biz bor kuchimizni ishga solmoqdamiz. Bugun ham g'alaba uchun borimizni berdik. O'yin oxiriga qadar harakat qildik. Bizda gol urish uchun etarli vaziyatlar bor edi, ammo vaziyatlarni yakunlay olmadik.
– Guruh bosqichidagi uchinchi o'yin biz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?
– Kosta-Rikaga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng. Faqat g'alaba qozonishimiz kerak.
– Bugun standart vaziyatlardan foydalanishda muammolar yuzaga keldi...
– Biz gol urishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Standart vaziyatlar bo'yicha mashg'ulotlarda ishlaganmiz, ammo o'yinda gol urishni imkoni bo'lmadi. Vaziyatlarni yakunlashda muammolarga duch keldik. Yakuniy nuqtani qo'yishda oqsadik.
– Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz qanday deb hisoblaysiz?
– Faqat g'alaba qozonimiz kerak. Yagona yo'li g'alaba qozonish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar