So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Xo'rlanganlar": "Barselona", "Borussiya" va Sardor Rashidov Yangiliklar

"Xo'rlanganlar": "Barselona", "Borussiya" va Sardor Rashidov

Donishmandlarning aytishiga ko'ra, futbol gol urish uchun o'ynaladi (raqib darvozasiga).

Statistika bilan shug'ullanuvchilar ham asosiy etiborini xotiniga emas, gollarga qaratarkan. Tabiiyki, bu inglizlar ixtiro qilgan o'yin (yoki sport) ishqibozlari uchun ham qiziq. SHu tufayli Evropaning top ligalarida uchragan eng katta hisoblar haqida malumot berishga qaror qildik. Qani, raqiblarining shafqatsizligidan qaysi jamoa ko'proq aziyat chekkan ekan...

Angliya. Siz berilib tomosha qiladigan APL bor-ku, unda barcha jamoalarning saviyasi bir-biriga yaqinligi haqida ko'p gapiriladi. Lekin vaqti-vaqti bilan "Tumanli Albion"da ham qaysidir jamoa "zo'rlangani" to'g'risida xabarlar yoziladi. Liga tarixidagi eng yirik hisob — 9:0. 

So'nggi yillarda 2 bor shunday natija qayd etildi. Eng qizig'i, har 2 o'yinda "Sautgempton" mazlum bo'lgan (MYU va "Lester"dan egilgan). Yana ham qiziqroq tomoni shundaki, har 2 bahsda ham Gempshir klubini 1 murabbiy boshlab tushgan — Ralf Xazenxyuttl. Undan ham qizig'ini aytaymi, avstriyalik mutaxassis haliyam jamoa boshida. Agar bizning klublar bo'lsa, Xazenxyuttl 9 marta haydalardi.

Germaniya. Bundesliga tarixida eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan jamoani taxmin qilib ko'ring. Aminman, adashdingiz. Bu bahs 1978 yilda tarixga kirgan. "Borussiya"lar to'qnashuvida Myonxengladbax klubi dortmundliklarni sharmanda qilgan (12:0). O'shanda siz yaxshi taniydigan Yupp Xaynkes penta-trikka erishgan ekan.

Italiya. A Seriya tarixidagi eng katta g'alaba Turin klubiga yozilgan. Ammo siz o'ylaganingizdek, "Yuve"ga emas. 1948 yilda "Torino" "Aleksandriya" futbolchilarning yuzini shuvut qilgan edi. Hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar "buqalar"ning 6 vakili raqib darvozasiga jami 10 ta gol urishgan.

Ispaniya. "Barselona"ning ayni paytdagi muvaffaqiyatsizliklaridan jig'ibiyron bo'layotgan "fanatlar" yaxshi ham XX asrning 2-choragida yashamagan. CHunki jamoa tarixida bundan ham yomonroq kunlar bo'lgan, uzoq vaqt. Buni quyidagi malumotlar ham tasdiqlaydi. La Liga tarixidagi eng yirik mag'lubiyatlar aynan "Barsa"ga yozilgan. Katalon klubi 1931 yilda "Atletik Bilbao"ga 12:1, 1940 yilda "Sevilya"ga 11:1 hisobida engilgan edi. Ha, bugungi holatimiz o'tmish va kelajak to'g'risida to'la malumot berolmaydi.

Portugaliya. Navbatdagi tarixiy o'yin bizning futbolimizga ham taalluqli. Mazkur bahsda hamyurtimiz Sardor Rashidov ham ishtirok etgan. Faqat g'oliblar emas, jabrdiydalar tomonidan. "Nasonal" "Benfika"dan roppa-rosa 10 ta gol qabul qilib olgan bahsda jizzaxlik futbolchi 90 daqiqa harakatlangan edi. Bu Rashidov uchun Portugaliyadagi debyut edi.

O'zbek futboli malikalari (2-qism)

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика