So’nggi yangiliklar

00:09"Реал" — "Мальорка". Таркиблар маълум  1 23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  4 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   25 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  368 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  7 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11

“Xorazm” – “Zomin” - 2:1. To'liq sharh Yangiliklar

“Xorazm” – “Zomin” - 2:1. To'liq sharh

Mubolag'a emas, “Xorazm” va “Zomin” jamoalari bahsi “G'arb” mintaqasining markaziy uchrashuvi edi.
Vaholanki, ikkala jamoa ham musobaqa jadvalining dastlabki “uch”ligida bir ochko farqi bilan borishayotgandi. Qolaversa, mazkur o'yinning keskin va qiziqarli o'tishiga yana bir sabab bo'lib, birinchi davrada urganchliklar safarda “Zomin” ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib qaytishgandi.
Uchrashuv xorazmliklarning xujumlari bilan boshlandi. 3-daqiqada Sarvar Jumaniyozovning amalga oshirgan zarbasidan so'ng to'p darvozaning to'sini yonginasidan o'tib ketdi. Oradan uch daqiqa o'tib, Temur Bekchanov mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Tabiiyki, “Zomin”liklar ham qarab turishmadi. O'yinning 15-daqiqasida ular tomonidan uyushtirilgan qarshi hujum oqibatida urganchliklar o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborishlariga bir bahya qoldi. Ushbu vaziyatda zominliklar hujumchisi Dilmuhammad Xudoyberdievning kuchli zarbasini darvoza ustuni qaytarishga “muvaffaq” bo'ldi. 20-daqiqada esa Asiljon Mansurov tepgan to'p maydon egalari darvozaboni G'ayrat O'daevni shoshiltirib qo'ydi. Ko'p o'tmay, Sobirjon Azizov ham G'ayratning sergakligini sinab ko'rdi. Bu erda tajribali darvozabon mahorat ko'rsatib, to'pni ilib oldi. Biribir, mehmonlarning qarshi hujumlaridan biri hisobning ochilishi bilan yakun topdi. Urganchlik Ilyos Xayrov deyarli maydon markazida raqibiga to'pni oldirib qo'yadi. Ushbu xato mezbonlarga qimmatga tushadi. To'pga egalik qilgan Lutfullo Fayzullaev esa  tezkorlik bilan jarima maydonchasi ichiga kirib borib, to'pni G'. O'daev ustidan oshirib darvoza to'riga yo'llaydi, 0:1.

Uchrashuvning ikkinchi qismi asosan, “Xorazm”liklar ustunligida o'tgan bo'lsada, bir tomondan “Zomin” jamoasi himoyachilarining ishonchli harakatlari, ikkinchi tarafdan ularning darvozaboni SHohruxjon Eshbo'taevning mahorati evaziga darvozalari daxlsizligini  ancha vaqtgacha saqlab turildi. O'yin yakunlanib borar, bundan na faqat maydondagi urganchlik futbolchilar, hatto, ularning murabbiylaridan tortib oddiy muxlisgacha o'zlarini kuchli hayojon og'ushida seza boshlashdi. Ularni bir savol qiynardi. Nahotki, “Xorazm” jamoasi o'z maydonida mag'lubiyatga uchrasa. Ochig'i, stadionga yig'ilgan ishqibozlar  durangga ham rozi  bo'lishayotgan bir paytda mehmonlar himoyachilari o'z jarima maydonchasi ichida zaxiradan maydonga tushgan Javlon Egamovni qoidaga zid ravishda to'xtatib qolishadi. SHu zahoti hakam 11-metrlik nuqtadan to'p tepish kerakligini ko'rsatadi. Nizomjon Norov kuchli zarba bilan hisobni tenglashtiradi. Uchrashuv tugashga bir daqiqa qolganida esa “Xorazm” jamoasi futbolchilari g'alabaga bo'lgan irodalarini namoyish etishadi. Sarvar Jumaniyozov mehmonlar darvozasiga qoyilmaqom ravishda ikkinchi to'pni joylab, hisobni 2:1 ga etkazadi. Bu “Xorazm” jamoasi uchun g'alaba to'pi edi.

Hisobotimiz so'nggida bir so'zni aytib o'tishni joiz bildik. Nihoyasiga etgan ushbu o'yin o'zining shiddatli o'tganligi va tomoshabopligi bilan oliy ligaga xos va mos bo'ldi.

“G'arb” mintaqasi. 12- tur. 8 iyun (dushanba)
“Xorazm” (Urganch) – “Zomin” (Zomin) – 2:1 (1:0).
Yangibozor tumani o'yingohi.1011 tomoshabin.
Hakamlar: N. Qosimov (Dehqonobod) –6,9, D. Iskanderov (Nukus) - 8,0, Z. Eliboev (Qarshi) –8,0, A. Alimov (Urganch) -7.
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
Gollar: N. Norov( 80-penalti), S. Jumaniyozov(89)  - L. Fayzullaev(30).

“Xorazm”: G'ayrat O'daev, SHahzod Mannonov,  Marat Qudratov, Temur Ismoilov, Marks Quronboev(Jamoliddin Masharipov,90), Temur Bekchanov(Javlon Egamov,58), Sarvar Jumaniyozov(Rinat Bayramov, 90), Jasur Otajonov, Mirza Quryozov(Xushnud Quryozov, 84), Ilyos Xayrov, Abror Husinov(Nizomjon Norov, 46).

“Zomin”: SHohruxjon Eshbo'taev, Eldor Karimov, Azamat Abdullaev, Ubaydullo Nabiev, Sobirjon Azizov, Xolmo'min Davronov(Nodirbek Teshaboev,56), Abdurahmon Abdulhaqov, Omadjon Toyloqov, Lutfullo Fayzullaev(Behzod Mirzamurodov, 68), Asiljon Mansurov, Dilmuhammad Xudoyberdiev(Dostonbek Toshmatov, 75).

Ogohlantirishlar: M. Qudratov (51), I. Xayrov(73), S. Jumaniyazov (89)  – A. Abdulhaqov(27), E. Karimov (58), A. Abdullaev(90+4).


Ikrom  XUDOYBERGANOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика