So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  0 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  2 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  0 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  3 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  0 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  3 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  6 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  42 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2

"Xorazm" - "G'ijduvon" uchrashuvi sharhi Yangiliklar

"Xorazm" - "G'ijduvon" uchrashuvi sharhi

Urganchlik futbolchilar qatorasiga to'rtinchi marta g'alaba qozonishdi.
Jami yutuqlari soni esa beshtaga etdi. To'g'ri, “G'ijduvon” jamoasiga qarshi kechgan mazkur o'yin mezbonlarning to'la ustunligida o'tgan bo'lsada, maydon egalari ushbu muvaffaqiyatga  oson erishishmadi.

Aytish joizki, bahsning dastlabki daqiqalaridan maydon egalari mehmonlar darvozasi oldida paydo bo'la boshlashdi. Ana shunday harakatlarning birida g'ijduvonliklar himoyachisi xatoga yo'l qo'yadi. U kutilmaganda o'z jarima maydonchasi ichida to'pni urganchlik Nizomjon Norovga oldiradi. O'z navbatida bu hujumchi “G'ijduvon” darvozabonini aldab o'tib, to'pni yanada qulay vaziyatda turgan jamoadoshiga uzatishni lozim topadi. Biroq, u buning uddasidan chiqmaydi. SHu holat tufayli deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'llanmaydi. SHundan keyin oradagi muvozanat tiklanganday bo'ldi. 31-daqiqada Buxora viloyati jamoasi vakili Umid Xudoyberdiev mezbonlar jarima maydonchasi ichiga kirib, kuchli zarbani amalga oshiradi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketadi. Bu birinchi bo'lim davomida mehmonlar tomonidan  amalga oshirilgan yagona xavfli vaziyat edi. Bo'limning qolgan daqiqalari “Xorazm”liklarning tinimsiz hujumlari ostida o'tdi. Ilyos Xayrov, Temur Bekchanov, Nizomjon Norovlar uchrashuvda hisobni ochish uchun qulay vaziyatlar sodir etishdi. Tan olish lozimki, bazi holatlarda “G'ijduvon”lik darvozabon Maqsud SHabanov jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Mubolag'a emas, o'yinning ikkinchi qismi yanada keskin va qiziqarli davom etdi. Urganchliklar bosh murabbiyi Vali Sultonov tanaffus paytida shogirdlariga qanday ko'rsatma bergani bizga nomalum, lekin ularning intilishlaridan faqat va faqat g'alaba ishtiyoqida to'p surishayotganini ilg'ash mushkul emasdi. Darhaqiqat, bo'lim boshidayoq Temur Bekchanov mehmonlar himoya chizig'ini yorib o'tishga muvaffaq bo'lib, kuchli zarba bilan to'pni darvoza tomon yo'llaydi. O'z navbatida mehmonlar darvozaboni to'pni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yuboradi. 57-daqiqada Rinat Bayramov tepgan to'pni ham M. SHabanov chiroyli harakatlari bilan bartaraf etadi. Umuman olganda, maydon egalari tinimsiz qarshi hujumlar ostida harakat qilishsada, nimagadir ularga omad hadeganda kulib boqavermasdi. Aksincha, “sen urmasang, senga urishadi” iborasi bu o'yinda  isbotini topishiga oz qoldi.  72-daqiqada etiborsiz qoldirilgan Orif SHamsiddinov mezbonlar darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. U tepgan to'p shundoqqina darvoza to'sini ustidan uchib o'tdi. Yana bir vaziyatda esa G'ayrat O'daevning chaqqonligi evaziga darvozasi daxlsizligi saqlab qolindi. Nihoyat, o'yin tugashiga besh daqiqa qolganida urganchlik futbolchilarning g'alabaga bo'lgan shijoati va irodasi o'z “so'zi”ni aytdi. Ilyos Xayrov yaqin masofadan turib to'pni boshi bilan “G'ijduvon” jamoasi darvozasiga tushirdi,1:0. Bu bilan urganchlik futbolchilar navbatdagi  uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV


“G'arb” mintaqasi.  8- tur. 13 may (chorshanba)

“Xorazm” (Urganch) – “G'ijduvon” (G'ijduvon) – 1:0 (0:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 1255 tomoshabin.

Hakamlar: D. Karimov (Tashkent) – 8,1, J. Sarsenov (Nukus) – 8,1, B. Qannazarov (Nukus) – 7,9, A. Alimov (Urganch) - 8

Nazoratchi:X. Muxtorov (Samarqand).

Gol: Ilyos Xayrov 85

“Xorazm”: 35.G'ayrat O'daev, 2.SHahzod Mannonov(17.Mardon Zaripov,86),3.Marat Qudratov(6.Mamur Abdullaev,60), 5.Temur Ismoilov, 7.Marks Quranboev, 9.Nizomjon Norov(14.Javlon Egamov,52), 10.Temur Bekchanov, 11.Sarvar Jumaniyozov, 13.Mirzo Quryozov, 8.Rinat Bayramov(12.Azamat Yo'ldoshev,72, 18.Siroj Ro'zmetov,80),  15.Ilyos Xayrov.

“G'ijduvon”: 1.Maqsud SHabanov, 3.To'lqinjon Umarov, 5.Tolib Aslanov, 6.Azizbek Boboev, 11.Umid Xudoyberdiev(4.Doston SHabanov,85), 13.SHuhrat Salimov, 17.Islombek SHaropov(10.Umidjon Muhammedov,47), 18.Orif SHamsiddinov, 20.Komil Soliev, 25.SHavkat Rahmatov, 77.Mansur Otaqulov.

Ogohlantirishlar: SH.Salimov (65), SH.Rahmatov (ikkalasi “G'ijduvon”, 83)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика