So’nggi yangiliklar

10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  1 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  8 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  1 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  11 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  14 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  8 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  8

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani (+foto) Yangiliklar

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani (+foto)

Bugun, 30 avgust kuni Xitoy - O'zbekiston o'rtasidagi JCH-2018 saralash uchrashuvidan oldin xitoyliklar bosh murabbiyi Marchello Lippi ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

"Barcha futbolchilarimiz o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Yigitlarning kayfiyati yaxshi. Hal qiluvchi o'yinlarni o'tkazyapmiz, biroq ertangi uchrashuvni yaxshi o'tkazish uchun qo'limizdan kelgan bor ishni qilamiz.


Jamoamning texnik-taktik darajasidan ko'nglim to'q. Ayni damda O'zbekiston terma jamoasida 12 ochko bor va ular mundialga chiqish uchun yaqin turishibdi. Ularning so'nggi uchrashuvi raqiblarimiz qanchalik kuchli ekanligini anglatib turibdi. O'zbekistonning futbolchilari ham jamoaga yarasha kuchli. Ertaga yaxshi o'yin ko'rsatib, ularning himoyasini yorib o'tishga harakat qilamiz.

JCH-2018 uchun kurashni davom ettirishni istasak, faqat g'alaba qozonishimiz kerak" - deydi Lippi.

Matbuot-anjumanida Xitoy terma jamoasi sardori Jang Ji ham ishtirok etdi.


"Hamma bu uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda. Ertangi uchrashuvi biz uchun juda muhim. SHu sababli bu o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Xitoy terma jamoasi sardori.


Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика