So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Xitoy Super ligasi klublari nega kuchli darvozabon sotib olishmaydi? Yangiliklar

Xitoy Super ligasi klublari nega kuchli darvozabon sotib olishmaydi?

Teglar :  Xitoy
Evropada o'zini ko'rsata olgan bazi futbolchilar Xitoy Super ligasi klublarining katta maoshli taklifini qabul qilib, hozirda ushbu chempionatda to'p tepishmoqda.

Xitoy klublari qishki transfer oynasida yana faol. Ammo ushbu mamlakatning hech qaysi jamoasi darvozabon xarid qilish haqida o'ylamayapti.

Bu taqiqlanganmi?

Yakunlangan mavsumda ishtirok etgan jamoalarda birorta legioner darvozabon yo'q. CHunki bu taqiqlangan. Bunga sabab, chet ellik darvozabon mahalliy posbonlarning rivojlanishiga imkon bermaydi va bu Xitoy terma jamoasiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.


Bu qachon boshlangan?

Xitoy chempionatida doimo legionerlar soniga taqiq bo'lgan. 1994 yildan 2000 yilgacha bir jamoa ko'pi bilan 3 nafar chet ellik futbolchi xarid qilishi mumkin bo'lgan.


2001 yilda bu cheklov 4 futbolchiga etdi, ammo maydonga faqat 3 nafar legioner tushishi mumkin. Darvozabonlarga taqiq ham aynan shu yilda chiqarilgan.


Bu ish beryaptimi?

Ha. Xitoylik darvozabonlar ushbu taqiqdan so'ng katta o'sishga erishdi. Masalan, "Guanchjou Evergrand" va Xitoy terma jamoasi posboni Jen CHen 2016 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va 2015 yilgi Osiyo CHempionlar ligasida "Guanchjoe Evergrand" darvozasini ishonchli qo'riqlab, turnir g'olibiga aylandi.



Boshqa mamlakatlarda shunga o'xshash taqiqlar bormi?

Evropa chempionatlarida bunga jiddiy qarashmaydi. Ammo Rossiya Premer-ligasi Xitoy chempionatiga o'xshash. Rossiya chempionatida bir jamoadan faqat olti nafar legioner maydonga tushishi mumkin. Bu uchrashuvda kamida 10 nafar rossiyalik o'ynashiga imkon beradi. O'zbekiston chempionatida ham xuddi shunday cheklov bor. 2016 yilgi mavsum boshida chempionatda legioner darvozabonlar o'ynashi taqiqlandi. CHet ellik futbolchilarga ham cheklov mavjud. 3+1 ko'rinishidagi cheklov - 3 nafar dunyoning istagan mamlakatidan va bir nafar Osiyodan legioner o'ynatishni bildiradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика