So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  21 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Xitoy - O'zbekiston 2:1. O'yin sharhi Yangiliklar

Xitoy - O'zbekiston 2:1. O'yin sharhi

Afsuski O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Osiyo Kubogi ikkinchi turi doirasida Xitoyga yutqazib qo'ydi.
Eng alamlisi, biz hisobda oldinga chiqib olganimizga qaramay mag'lub bo'ldik.

O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq xitoyliklar hujumga o'tishdi, hatto ayrim holatlarda o'yinchilarimizni shoshirib qo'yishdi. Futbolchilarimiz raqibning 15 daqiqalik bosimiga turib bera olishdi. Odil Ahmedov uchrashuvning 22 daqiqasida individual mahorati evaziga raqib darvozasini nishonga aniq olib hisobni ochdi. To'p yo'l-yo'lakay raqib o'yinchisiga tekkan bo'lsada, Odil ungacha bo'lgan jarayonda alo darajada harakat qildi. Birinchi bo'lim vakillarimizning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Tanaffusdan keyin esa Xitoy yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatdi, qo'rqmasdan hujumga o'taverdi. Buning samarasi o'laroq 54 daqiqada darvozabon va himoyachilarimizning xatosidan so'ng Vu Ksi hisobni tenglashtirdi. Golda avvaliga Nesterov to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, keyin himoyachilarimiz ikkita raqib o'yinchisini qo'riqlashmadi.

Xitoylik futbolchilar muvozanatni tiklaganlaridan keyin ham hujum qilishda davom etishdi. Vakillarimizning esa umuman o'yinlari chiqmadi, raqib markazni yopib qo'ydi.

Uchrashuvning 68 daqiqasida esa Sun Ke Sanjar Tursunovdan qochib ketib Nesterov darvozasi tomon burama zarba berdi va jamoasiga irodali g'alabani taqdim etdi. Alamli mag'lubiyatdan so'ng terma jamoamiz oldida uchinchi turda har qanday holatda ham g'alaba qozonish vazifasi turibdi. Saudiya Arabistoni bilan o'yinda terma jamoamizga omad tilab qolamiz.

Osiyo Kubogi 2015
“A” guruhi, 2-tur
14 yanvar 2015. Brisben. "Brisben" stadioni
Xitoy - O'zbekiston 2:1
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla (BAA), Hasan Muhammad Hasan Al Mahri (BAA)
To'rtinchi hakam: Xettikankanamage Perera (SHri-Lanka)
Beshinchi hakam: Denie Gedara Xematunga (SHri-Lanka)
Nazoratchi: Lennie Edvard Makgregor (Avstraliya)

Gollar: Vu Ksi 54. Sun Ke 68 – O.Ahmedov 22

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov (20.Islom To'xtaxo'jev, 46), 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov (4.Sardor Rashidov, 61), 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeev, 17.Sanjar Tursunov (15.Jasur Hasanov, 71), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.
Zahiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Lutfulla To'rev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 16.Vohid SHodiev, 21.Akbar To'raev, 22.Farruh Sayfiev.

Xitoy: 23.Vang Dalei, 2.Ren Xang, 3.Mei Fang, 4.Jiang Zipeng, 5.Zang Linpeng, 7.Vu Lei, 10.Jeng Ji, 15.Vu Ksi, 17.Zang CHeng dong (19.Liu Bin Bin, 81), 18.Gao Lin (16.Sun Ke, 66), 21.YU Xai (11.Xao Jun min, 46).
Zahiradagilar: 1.Zeng CHeng, 6.Li Ang, 8.Kai Xuikang, 9. Yang Ksyu, 12.Yan Junling, 13.Liu Jiane, 14.Ji Ksiang, 20.YU Xanchao, 22.Lio Lisheng.

Ogohlantirishlar: SHavkat Mullajonov 18, Ren Xang 35
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика