Xaynkes: "PSJ "Real"ga qarshi yaxshi o'ynadi, Ronalduning esa omadi keldi"
17 fev 2018 16:30
Yangiliklar
Xaynkes: "PSJ "Real"ga qarshi yaxshi o'ynadi, Ronalduning esa omadi keldi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkesning fikricha, PSJ "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida yaxshi o'yin namoyish etdi.
"O'yin Ronaldu Neymradan ustunligini isbotladi? Bu oshirib yuborilgan. Bazida televideniya orqali ekspertlarni eshitish qiziq. Odatda ular g'olib haqida gapirishadi. Mening fikrim boshqacha. PSJ 83 daqiqa yaxshi o'ynadi deb ayta olaman. Franciyaliklarning taktik rejasi juda yaxshi edi. Parijliklar kuchliroq ko'rinishdi. Biroq ular so'nggi 10 daqiqada bu darajaga mos harakat qila olishmadi. Albbat, Ronaldu kuchli futbolchi. Bazida uning omadi kelib turadi va u tizzasi, qorni yoki boshqa tana azosi bilan gol uradi" - deydi Xaynkess.
PSJ hamda "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Fikrlar