So’nggi yangiliklar

Xarri Keyn Bundesligada gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi Yangiliklar

Xarri Keyn Bundesligada gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi

Kecha tunda Germaniya Bundesligasining 11-turidan o'rin olgan “Bavariya” – “Xaydenxaym” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Bavariya” raqibi ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar hujumchisi Xarri Keyn uchrashuv davomida ikkita gol urdi va Bundesliga rekordini o'rnatdi.

Angliyalik futbolchi Bundesliganing dastlabki 11 turida 17 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. SHuningdek, u ketma-ket to'rtinchi o'yinda bir o'yinda bittadan ko'p gol urdi.

30 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Bavariya” safida barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика