Xakimining agenti Marca'ning xabarini rad etdi
04 apr 2020 20:00
Yangiliklar
Xakimining agenti Marca'ning xabarini rad etdi
Nashr marokashlik futbolchining “Real” shartnomani uzaytirgani haqda malum qilgandi.
Hozirda “Borussiya D”da ijara asosida o'ynayotgan “Real” himoyachisi Ashraf Hakimining agenti Alexandro Kamano mijozining “qaymoqranglilar” bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmaganini aytdi.
“Bunga hech qanday asoslar yo'q. “Real” bilan shartnoma hali hamon biz kelishgandek 2017 yildan 2022 yilgacha davom etadi. Kutish kerak. Ushbu qiyini sinovdan (koronavirus pandemiyasi) keyingina biz “Real” hamda “Borussiya D” bilan muzokaralarni boshlaymiz”, deydi Kamano.
Marca bergan malumotda esa “Real” 21 yoshli futbolchini o'zida saqlab qolish uchun u bilan kelishuvni 2023 yilga qadar uzaytirgani haqida yozilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar