So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Xajime Moriyasu: "O'zbekistonni mag'lub etib, guruhda birinchi bo'lishni istaymiz" Yangiliklar

Xajime Moriyasu: "O'zbekistonni mag'lub etib, guruhda birinchi bo'lishni istaymiz"

Osiyo Kubogi-2019 doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida yaponlar ishtirok etishdi.

Bosh murabbiy Xajime Moriyasuga futbolchi Toshixiro Aoyama hamrohlik qildi.

"Ertaga O'zbekiston bilan o'ynaymiz. Guruh g'olibini aniqlab beradigan bahs. Biz yutishni istaymiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, keyingi bosqichga birinchi o'rin bilan chiqishni istaymiz", - deydi bosh murabbiy.

"Ertangi bahsga yaxshi tayyorlandik. Ham ruhan, ham jismonan. Hech qanday bosimni his qilmayapmiz. O'ylaymanki ertaga qiziq o'yin bo'ladi", - deydi Aoyama.

- Ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqib bo'lgan. Faqat bitta savol ochiq turibdi: guruhda birinchi o'rinni kim oladi? Bu sizga bosim o'tkazadimi yoki yo'q?

- Osiyo Kubogiga kelishdan oldin biz guruhda birinchi o'rinni olishni maqsad qilgandik. Ertaga futbolchilarga bosim bo'lishini xohlamayman. SHunchaki g'alaba qozonishlarini so'rayman. Biz xotirjammiz. Asosiy maqsadimiz esa musobaqada chempion bo'lish.

- Guruhda ikkinchi bo'lgan jamoa Avstraliya bilan o'ynaydi. Bu jamoani qanday baholaysiz?

- Avstraliyadan qochamizmi yoki yo'qmi bilmayman. Musobaqada barcha raqibni yutishni istaymiz. CHempion bo'lishni istaymizmi demak barchani yutish kerak. Pley-offda kuchsiz raqib qolmaydi.



- Osiyo Kubogida 3ta o'yinchini almashtirish mumkin. Guruhdagi dastlabki ikkala o'yinda ham siz o'zgarishlardan to'liq foydalanmadingiz. Buning sababi nimada?  

- Bu mening qarorim. O'ylaymanki futbolchilar bu qarorimni hurmat qilishadi. Asosiysi biz ikkala uchrashuvda ham yutdik. Maydondagi futbolchilarning harakatlari meni qoniqtirgani uchun 3ta o'zgarishni qilmadim.

- Ikkita bahsdan so'ng tajribali futbolchilarga dam berasizmi?

- Men barcha o'yinlarni sinab ko'raman. Zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar ham yaxshi holatda. Kim uchrashuvga tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi. Bugun so'nggi ko'rsatma beriladi.

- Musobaqadan oldin jismoniy holat qanday edi va hozir qanday?

- Yaponiya terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati ikki xil holatda edi. Sababi yarim futbolchilar Jey ligada, qolganlar Evropada o'ynaydi. Bu erda mavsum ikki xil paytda tugaydi. Birga mashg'ulot o'tkaza boshlaganimizdan keyin barchaning holati tenglashdi. Ikkita o'yindan o'zimizga saboq oldik. SHunday davom etishni istaymiz.

- Yaponiya doim chempionlik uchun kurashadi. Bu yo'lda sizga asosiy raqobatchi jamoalar qaysilar?

- Bizning maqsadimiz chempionlik. Jamoa o'yinini rivojlantirish kerak. Bu musobaqada 7ta o'yin o'tkazishni istaymiz. Barcha raqibni birdek ko'ramiz, raqib ajratmaymiz.

- Birinchi turda 2ta gol urgan Yuya Osako o'zini qanday xis qilmoqda?

- U tibbiy ko'rikdan o'tdi. Hozir davolanmoqda.

- Yaponiya ertaga yutish uchun nima qiladi?

- Avvalgi ikki o'yindan kelib chiqib taktika tuzamiz. Asosiy tarkibda bazi futbolchilar almashadi. SHu orqali faqat g'alaba uchun o'ynaymiz.


Xayrulla Xoliqov va Narzulla Saydullaev
Al Ayn, BAA

Reyting: -77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика