So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Voyneski: "Paxtakor"ning o'yinida hech qanday sir yo'q" Yangiliklar

Voyneski: "Paxtakor"ning o'yinida hech qanday sir yo'q"

"Paxtakor" OCHL guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistonining "Al Taavon" jamoasini mag'lub qildi (1:0). Uchrashuvdan keyin "sherlar" ustozi Slavche Voyneski o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Mezbonlarni o'z maydonida mag'lub etish juda yoqimli. Bellashuvga jiddiy tayyorlandik. Yigitlarga yaxshi futbol uchun rahmat aytaman. Tavamba va 77-raqamli futbolchining juda xavfli ekanini bilardik. Himoyachilar ularga qarshi ajoyib o'ynashdi. Keskin kechadigan bahs taqdirini qisqa hududda tez harakatlanadigan tezkor futbolchilar hal qilishini sezgandik. SHunday bo'ldi ham. Aliboev va Erkinov o'yin suratini o'zgartirib yuborishdi. G'alabadan juda xursandmiz. 

O'yinimizda sir yo'q. SHunchaki, sharoitlarga yaxshiroq moslashdik va jiddiy hozirlik qildik. 

CHap qanotimizni asosiy hujum uyushtiradigan joyimiz deb bilmayman. Har ikki qanotdan va markazdan hujumlar tashkil qilishga urinamiz. Bugun golni chap qanotdan urib ketdik.

G'alaba goli muallifi Hojimat Erkinov esa shunday dedi: "Dastlabki mag'lubiyatdan keyin bu safar yutishimiz kerak edi. Jamoa bilan bahsga yaxshi tayyorgarlik qildik va g'alaba qozonishga erishdik. Juda muhim yutuqni qo'lga kiritdik. Uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandmiz".

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика