So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  28 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  88 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

Voyneski: "Bugungi g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz, ulardan o'tgan o'yindagi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman" Yangiliklar

Voyneski: "Bugungi g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz, ulardan o'tgan o'yindagi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman"

Superliganing qoldirilgan 5-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida 

- Birinchi bo'lim ikki qismdan iborat bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, biroq keyinchalik shogirdlarimda biroz charchoq yuzaga keldi. Bekobodga Toshkentdan kelib futbol o'ynash istalgan jamoaga oson emas, biz ikki yarim soat yo'l bosdik. Ikkinchi taymda esa, qanday futbol o'nash kerak bo'lsa, shunday yo'l tutdik. Futbolchilar talab qilingan vazifalarni bajarishdi. Ikkinchi bo'lim juda yaxshi o'tdi. G'alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. CHempionlar ligasidan so'ng biroz og'ir davrni boshdan kechirdik. Turnirdagi o'yinlar qisqa muddat oralig'ida o'tkazildi, buning natijasida juda ko'p energiya yo'qotdik. SHundan so'ng milliy chempionatda yuqori suratga tushib olishimiz qiyin bo'ldi. Jamoada potencial yuqori, ikkinchi davrada ancha kuchayamiz. O'zimiz qanday o'ynashni xohlasak, bu borada mashg'ulotlarda ishlaymiz. O'ylashimcha, ikkinchi davra biz uchun yaxshi ruhda o'tadi. 

- Himoya markaziga Hamrobekovning joylashtirilishi Larin va Xadjievning o'yinidan qoniqmaganingizdanmi yoki boshqa sababi bormi?

- Bu qaror qoniqish-qoniqmaslik natijasida emas. O'yinchilarning holati doimo tahlil qilamiz. SHu sabab, qolaversa, turli poziciyalarda to'p tepa olishini bilmaganimiz uchun Hamrobekovni himoya markaziga joylashtirdik. U o'yin jarayonini yaxshi nazorat qila oladi.

- O'yinni tashkillashtirish CHeranga asoslangan. Hujumchining 35 yoshga yaqinlashayotganini hisobga olgan holda, uslubni o'zgartirish rejalashtirilmayaptimi?

- CHeran "Paxtakor"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biri, qolaversa, u jamoada uzoq vaqtdan beri to'p tepadi. O'ylashimcha, hujumchi yana 1-2 yil davomida yuqori saviyada o'ynay oladi. Unga o'rinbosar sifatida boshqa futbolchilarni tayyorlab borishga harakat qilyapmiz, masalan, Xolmatovni ushbu poziciyada sinab ko'ryapmiz. Agar u etarlicha tajriba to'play olsa, bu nuqtada kuchli futbolchiga aylanadi. Bugungi g'alabani muxlislarga ham bag'ishlaymiz, ulardan o'tgan o'yindagi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Ular bizning qo'shimcha o'yinchimiz, o'tgan bahsda ularni ranjitdik, shu sababli, bugungi muvaffaqiyat to'liq ularniki deb ayta olaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика