So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Vohid Xolboev: "Durang uchun o'ynagandik" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Durang uchun o'ynagandik"

O'zbekiston Birinchiligining 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv-BFK" - "Oq-tepa" jamoalari o'rtasidagi bellashuvdan keyin mezbonlar ustozi Vohid Xolboevning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin to'g'risida nima deyman? Qo'l ostimdagi futbolchilarning aksari yosh bo'lgani tufayli uchrashuv avvalida biroz hayajonlanishdi. Sababi, raqib tarkibida tajribali o'yinchilar bor. Agar kecha to'g'ri o'ynamaganimizda yutqazib qo'ygan bo'lardik. Bizning tarkibimizda ham bir nechta tajribali o'yinchilar bor. Ular qolgan yoshlarni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishini natijasida g'alaba qozondik.

Uchrashuvdan avval "Oq-tepa" birinchi ligadagi eng kuchli jamoa ekanligini bilardik. Buni futbolchilarga ham aytib o'tgandik. Rosti, bugun qarshi hujum taktikasidan foydalandik. Futbolda raqibga qarab taktika tanlash bor. Biz shunday yo'l tutdik. Aks holda "Oq-tepa"ning tajribali futbolchilari bizni istagan vaqtda jazolab qo'yishlari mumkin edi. CHunki futbolda aqlli futbol muhim rol o'ynaydi.

Uchrashuvda kichik hisob bo'lishini taxmin qilgandim va shunday ham bo'ldi. To'p nazorati asosan mehmonlarda bo'ldi, ammo biz tartibli himoya va ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik. Ochig'i, maydonga durang uchun chiqqandik. Lekin yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib, gol urdik va g'alaba qozondik, - deydi Xolboev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика