So’nggi yangiliklar

10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  10 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5

"Vodiy Super Cup" - 2019 musobaqasi yakuniga etdi. "Andijon FA" chempion! Yangiliklar

"Vodiy Super Cup" - 2019 musobaqasi yakuniga etdi. "Andijon FA" chempion!

To'raqo'rg'onda o'tgan "Vodiy Super Cup" - 2019 musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Finalda "Lokomotiv" va "Andijon FA" jamoalari to'qnash kelishdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida andijonliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi va bosh sovringa ega chiqishdi.

Taqdirlash marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ishtirok etishdi.

"Mana bir necha yildirki, viloyatimizda bolalar futboliga bo'lgan etibor keskin oshib borayapti. Bu borada barcha-barchaga katta rahmat. Bunday musobaqalar orqali kelajakka poydevor qo'yamiz, ukalarimiz Odil Ahmedov va Sodiqjon Ahmadalievning sayi harakatlari bilan, mana shunday musobaqalar ko'payib borayapti", - deydi Xayrulla Bozorov.

Tadbir yakunida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Viloyatimiz hokimi boshchiligida juda ko'plab ishlarni bajarayapmiz. SHuhrat aka Mirxoldirshoev va Nodirxo'ja Yuldashev 2019 yil davomida juda ko'plab yaxshi saviyadagi musobaqalarni tashkil etdilar. Biz bir jamoa ekanligimizni xis qilib ishlayapmiz. Bugun ajoyib bayram bo'ldi. Muhimi 16ta jamoaning bari o'yin amaliyotiga ega bo'ldilar, bu futbolda juda as qotadi. Ertaga bundanda yaxshi turnirlarga birgalikda mezbonlik qilamiz.

"Vodiy Super Cup" - 2019

15-16 o'rinlar uchun: "Odil Ahmedov FA" - Jizzax FA -/+
13-14 o'rinlar uchun: "Istiqlol" - BO'SM16 0:2
11-12 o'rinlar uchun: Yangier FA - Surxondaryo FA +/-
9-10 o'rinlar uchun: "Qayrat" - "Navbahor" 1:1 (2:1)
7-8 o'rinlar uchun: BO'SM (CHust) - "Barkamol Avlod" 0:1
5-6 o'rinlar uchun: Namangan FA - Sirdaryo FA 4:3
3-4 o'rinlar uchun: "Odil Ahmedov FA" - "Farovon" 1:1 (5:4)
FINAL: "Lokomotiv" - Andijon FA 1:1 (2:4)


"Vodiy Super Cup-2019" o'z yakuniga etdi. Jamoalar quyidagi o'rinlarni qayd etdilar.

1-o'rin: Andijon FA (Andijon)
2-o'rin: "Lokomotiv" (Toshkent)
3-o'rin: "Odil Ahmedov FA" (Toshkent)
4-o'rin: "Farovon" (Marg'ilon)
5-o'rin: Namangan FA (Namangan)
6-o'rin: Sirdaryo FA (Sirdaryo)
7-o'rin: "Barkamol Avlod" (Kosonsoy)
8-o'rin: BO'SM (CHust)
9-o'rin: "Qayrat" (Olmata, Qozog'iston)
10-o'rin: "Navbahor" (Namangan)
11-o'rin: "Yangier" (Sirdaryo)
12-o'rin: Surxondaryo FA (Surxondaryo)
13-o'rin: Jizzax FA (Jizzax)
14-o'rin: BO'SM16 (Toshkent)
15-o'rin: "Istiqlol" (Namangan)
16-o'rin: "Odil Ahmedov FA" (To'raqo'rg'on, konkursdan tashqari)





Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика