So’nggi yangiliklar

09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  8 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   1 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  16 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1

Vodiy futboli: "Navbahor"da 4ta diskvalifikaciya Yangiliklar

Vodiy futboli: "Navbahor"da 4ta diskvalifikaciya

25 va 26 sentyabr kunlari oliy ligada 23-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Navbahor": "Nasaf"ga qarshi 4 nafar futbolchimiz o'ynay olmaydi

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 23-turini Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yinda "lochinlar" safida bir yo'la to'rt nafar futbolchi diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi.

Alisher Samatov, Sanat SHixov, SHahboz Erkinov va Dilshod Jabborovning sariq kartochkalari to'rttaga etgani bois ular Qarshiga borishmaydi.

22-turni o'tkazib yuborgan Bobur Akbarov esa "Nasaf" bilan uchrashuvda maydonga tusha oladi.


"Neftchi": Dilyorbek Ermatov "Dinamo"ga qarshi o'ynamaydi

Farg'onaning "Neftchi" klubi keyingi turni safarda "Dinamo" bilan o'tkazadi. Ushbu uchrashuvda vodiy klubi safida jamoaning asosiy himoyachisi Dilyorbek Ermatov maydonga tusha olmaydi. Uning sariq kartochkalari soni to'rttaga etdi.

Aksincha o'tgan turni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan Abbos Maxstaliev Samarqanddagi o'yinda jamoaga yordam bera oladi.


"Qo'qon-1912": "Qizilqum" bilan o'yinda Doniyor Usmonov qatnasha olmaydi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" 23-turni o'z maydonida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinda vodiy klubi hujumchisi Doniyor Usmonov sariq kartochkalari to'rttaga etgani bois ishtirok eta olmaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика