So’nggi yangiliklar

00:09"Реал" — "Мальорка". Таркиблар маълум  4 23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  4 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   27 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  369 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  7 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11

“Vodiy futboli”. Vodiy jamoalari kubok bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Vodiy jamoalari kubok bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda

Vodiy futboliga oid xabarlarni berib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Mashg'ulotlar “Sog'lom avlod” stadionida olib borilmoqda

Oliy liga 12-turida safarda “So'g'diyona” ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) “Andijon” uchun bu mavsumdagi mehmondagi ilk yutuq bo'lgan edi. SHu uchrashuvdan keyin jamoa O'zbekiston kubogi 1/8 final o'yiniga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Ayni paytda mashg'ulotlar “Sog'lom avlod” stadionida olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” O'zbekiston kubogi 1/8 finalidagi ilk uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi, raqib esa Bekobodning “Metallurg” jamoasi.


“Navbahor”: Jamoa poytaxtga yo'l oldi

Namanganliklar rejaga ko'ra bugun potaxtda yig'iladi va navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaydi. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov MTJda ekanligi bois, mashg'ulotlarni uning yordamchilari Zohid Nurmatov, Mustafo Bayramov va Xislat CHilmatov o'tkazadi. Baxtiyor Azamovichni ham Toshkentda ekanligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, bosh murabbiy jamoasining mashg'ulotlaridan xabardor bo'lib boradi.
Aytgancha, jaroxat sabab safdan chiqqan himoyachi Rahmatullo Berdimurodov ham ushbu Toshkent yig'inida jamoa safiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.


“Neftchi”: Jamoaga 11 iyunga qadar dam berilgan

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy liga 12-turida “Olmaliq”ni mag'lub etgan edi. Ana shu uchrashuvdan keyin jamoaga 11 iyunga qadar dam berildi. Kichik tanaffusdan so'ng jamoa keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi.


“Qo'qon-1912”: “So'g'diyona”ga qarshi bahsga Toshkentda tayyorgarlik olib borilmoqda

Qo'qonliklar kecha Toshkentda yig'ildi va mashg'ulotlarga kirishdi. 12 iyun kuni jamoa Zominda “So'g'diyona”ga qarshi bahs olib boradi. Bo'lajak bahsga poytaxtda hozirlik ko'rilmoqda. Rustam Abdullaev boshqaruvidagi jamoa rejaga ko'ra ertaga Yangierga yo'l oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика