So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  1 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

“Vodiy futboli”. Bugun yoshlar ligasida vodiy derbisi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Bugun yoshlar ligasida vodiy derbisi

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berishda davom etamiz.
“Andijon”: Bugun yoshlarimiz o'ynaydi

Oliy liganing 9-turida “Andijon” jamoasi o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga jamoamizning tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda.

Bugun Oltinko'l tumanidagi markaziy o'yingohda “Andijon” va “Navbahor” yoshlar jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. Vodiy derbisi bo'lgani bois o'rinbosarlar bellashuvi ham qizg'in o'tishi aniq. Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz bugun "SHo'rtan"ni qabul qiladi

Bugun yoshlar ligasining 9-tur o'yinlari davom ettiriladi. Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi "Qo'qon-1912" yoshlar jamoamiz o'z maydonida "SHo'rtan" yoshlar jamoasini qabul qiladi. Takidlash joizki, yoshlarimiz chempionatda shu kungacha 8 ta o'yin o'tkazib, mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Bugungi raqibimiz "SHo'rtan" esa o'tgan turda "Olmaliq"ni qabul qilib, o'z darvozasidan javobsiz 8 ta to'p o'tkazib yuborganini aytish lozim.

Eslatib o'tamiz, Qo'qondagi "Markaziy" stadionda kechadigan mazkur bahs soat 16:30 da boshlanadi.

O'ylaymizki, yoshlarimiz bugun ham stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizni xursand etadi.

“Navbahor”: Yoshlarimiz vodiy derbisiga shay

Bugun Yoshlar ligasi doirasida “Navbahor” yoshlari “Andijon” mehmoni bo'ladilar. Oltinko'ldagi markaziy o'yingohda 16:30 da boshlanadigan uchrashuvga barcha o'yinchilar tayyor. Ayni paytda “Navbahor” yoshlari 10 pog'onani band etib turishibdi, o'zlaridan yuqoridagi 3 jamoa bilan farq bor yo'g'i 1 ochko. Demak, namanganlik yosh futbolchilar bugun g'alaba qozonishsa, turnir jadvalida ko'tarilib olishlari mumkin.

“Neftchi”: Bugun yoshlarimiz maydonga tushishadi

Yoshlar ligasining 9-tur bellashuvlari davom etmoqda. Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yoshlari bugun Qibraydagi stadionda “Paxtakor” yoshlari bilan kuch sinashadilar. Uchrashuv 17:00 da boshlanadi. Afsuski, “Neftchi”ning asosiy jamoasidan farqli o'laroq yoshlar mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlashdi. SHu kunga qadar o'tkazilgan 8 ta o'yinda bor yo'g'i ikkita g'alaba va bitta durang, 5 ta bahsda esa mag'lubiyat alami totib ko'rilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика