Vladimir Bubanya: "Umid qilamanki, kubokda ham "Turon"dan ustun kelamiz"
14 avg 2022 17:10
Yangiliklar
Vladimir Bubanya: "Umid qilamanki, kubokda ham "Turon"dan ustun kelamiz"
|
Andijon Vladimir Bubanya - 32' |
PRO liga. 15-tur 13/08/2022, 17:00 0
:
1
Tugadi
|
Turon |
Uchrashuvda mezbonlarga g'alaba keltirgan yagona golga Vladimir Bubanya mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.
- Vodiy derbisining har ikki jamoa uchun muhimlilik darajasi yuqori turgandi. Qimmatli uch ochkoga esa "Andijon" ega chiqdi. Uchrashuvning ahamiyati yana nimalarda edi? Umuman o'yin surati natijaga mos bo'ldimi?
- Muhim o'yinda zarur uch ochko olganimizdan xursandman. Biz bu ishni qo'limizdan kelishini isbotladik. CHunki uyda muxlislarimiz qarshisida xato qilishga haqqimiz yo'q. O'yinni nazorat qildik. Raqib ham etarlicha qarshilik ko'rsatdi.
- "Turon" safida Pro liga to'purari bo'lib turgan Humoyun Murtozaev bor edi. U har bir o'yinda gol urib kelmoqda. Himoyachi sifatida uni qanday zararsizlantirdingiz?
- Humoyun kuchli futbolchi. Lekin biz ham kam emasmiz (kuladi).

- "Andijon" brinchi davrada ham "Turon"ni Yaypanda mag'lub etgan edi. Oldinda kubok bahsi kutib turibdi...
- Umid qilamanki, kubokda ham ulardan ustun kela olamiz. Kim yaxshi ekanligini yana bir bor ko'rsatamiz.
- Bu g'alaba chempionlik yo'lida katta qadam tashlanganiga ishorami?
- Bo'shashish kerak emas. Oldinda o'yinlar ko'p. G'alabalarimizda muxlislarning ham hissasi katta bo'lmoqda. Ular bilan maydonda 12 kishi bo'lib to'p tepamiz. Qo'llab-quvvatlashayotgani uchun rahmat aytaman.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar