So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Vitaliy Levchenko: "G'alaba qozonish uchun gol urish kerak" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "G'alaba qozonish uchun gol urish kerak"

Superliga 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunday uchrashuvlarda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Birinchi bo'limda ikkita ajoyib imkoniyatimiz bor edi. Agar o'sha vaziyatlardan foydalanganimizda, o'yin natijasi allaqachon o'zgarib ketgan bo'lar edi. Ishtiyoq va harakat bo'yicha hech qanday etirozim yo'q, ammo mahoratimiz biroz etmadi g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Tablodagi hisob barchasini ko'rsatib turibdi", - dedi Vitaliy Levchenko bugungi bahs yakunlangach.


- "Neftchi" bugun yaxshi o'yin o'tkazdi, ammo muxlislar uchrashuv yakunlanganidan so'ng futbolchilarga etiroz bildirishdi. Futbolchilar ushbu etirozlarga haqlimi?

- Men nima bo'lganini ko'rmadim, to'g'risi. Biz favorit ekanligimiz aniq edi. Yana bir bor takrorlayman, g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Muxlislarimiz bilan ro'y bergan vaziyatni ko'rib chiqamiz. Ular bilan gaplashib olamiz, muxlislarimizda qandaydir etiroz bo'lsa.

- "Neftchi" o'yinni asosiy hujumchi bilan boshlamadi. Keyinchalik yaqqol hujumchi maydonga tushirildi, agar shu ishga o'yin boshidayoq qo'l urganingizda, hisob boshqacha bo'lishi mumkin edimi?

- Siz nega bunday fikrlayapsiz? Marushich sof hujumchi emasmi?

- Tabatadze o'z vaziyatlarini oxirigacha etkaza oldi. Menga shunday ko'rindi. Birinchi bo'limda esa bunday holatlarni ko'rmadim. Tabatadze yorqinroq o'ynadi.

- Qarang, "Surxon" himoyachilari ikki taym o'ynashdi. Tabatadze esa 20 daqiqa maydonda harakatlandi. Tabiiyki, Toma jismoniy jihatdan ustunlikga ega edi. Himoyachilar bilan yaxshiroq kurashishi kerakligi aniq edi. Shu sababli, u o'yinga yaxshiroq kirishib ketgandek tuyulgandir. Hujumchining eng asosiy vazifasi - gol urish. Bugun esa Marushich va Tabatadze raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi.

- Shahboz Beg'amov "Neftchi"ni tark etdi. Ushbu holat haqidagi fikringiz bilan bo'lishsangiz. Bunga nima sabab bo'ldi? 

- Rahbariyat qarori.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика