So’nggi yangiliklar

14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  10 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15

Vitaliy Levchenko: "Buxoro" o'ziga munosib bo'lmagan joyda" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Buxoro" o'ziga munosib bo'lmagan joyda"

Superliganing 13-turi doirasida "Neftchi" - "Buxoro" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- Juda og'ir o'yin bo'ldi. "Buxoro" juda tartibli jamoa. Ularning so'nggi o'yinlarini inobatga oladigan bo'lsak, jamoa o'zi uchun munosib bo'lmagan joyda turibdi. Bugun ular yaxshi himoyalanishdi va o'z omadini qarshi hujumlarda izlab ko'rishdi. Ularning himoyasini yorib o'tish biz uchun oson bo'lmadi. O'yin yakunida g'alaba golini urib, 3 ochkoni olganimizdan xursandman.

- Jamoa futbolchilari o'yin yakunlanganidan keyin g'alabani muxlislar bilan nishonlamayapti. Bunga nima sabab bo'lmoqda? Shu narsani qaytarishni so'ragan bo'lardim.

- Bu savol menga emas. Har bir muxlisning o'ziga hom qarashlari, fikrlari bor. Haqiqiy muxlis jamoa g'alaba qozonsa ham, mag'lub bo'lsa ham futbolchilar bilan bo'lishlari, shu erda ishlayotgan har bir personalga, murabbiylar shtabiga hurmatda bo'lishlari kerak deb hisoblayman. Bu mening fikrim. Shu sababli bu borada gapirish yoki fikr olib borish mening funkciyamga kirmaydi deb hisoblayman. Muxlislarga sabr tilayman, hali chiroyli g'alabalar keladi. Shunchaki yaxshi va yomon kunda ham biz bilan bo'lishlari va haqiqiy muxlis ekanligini ko'rsatishlari kerak.

- So'nggi o'yinlarda vaziyatlar kam yaratilmoqda, shu sababli gollar ham kamayib ketdi. Bunga issiq sabablimi yoki tarkibdagi legionerlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilar topilmayaptimi?

- Yuqori harorat bu tabiiy holat. Lekin o'tgan o'yinda bizda darvozabon bilan birga-bir holatdan ikki marta bo'ldi. Shu vaziyatlarni urganimizda hisob 2:0 bo'lgan bo'lardi va biz ikkita gol urgan bo'lardik. Bugungi o'yinni hisobga oladigan bo'lsak, raqib juda tartibli jamoa, o'yindagi vaqtning katta qismini himoyalanishga ajratdi. Balki ular o'z vazifalarini yaxshi bajarishgandir, lekin so'nggi daqiqalarda etiborning yo'qotilishi sababli biz g'alaba golini urib ketdik. Bu futbol, hozir hamma raqibini yaxshi taxlil qilmoqda, o'rganmoqda va shunga qarab o'yinini qurmoqda. Shu sababli buni normal holat sifatida qabul qilish kerak. Hozir murabbiylar shtabi raqiblarni yaxshi o'rganib, futbolchilarga istalgan raqibiga qarshi himoyada yaxshi o'ynab, hujumda imkoniyat qoldirmaslikka harakat qilishmoqda. Asosiysi 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика