So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  2 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  6 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

Vitaliy Denisov: "Yubiley o'yinimda g'alaba qozonganimiz ajoyib bo'ldi" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Yubiley o'yinimda g'alaba qozonganimiz ajoyib bo'ldi"

O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'yindan so'ng terma jamoamiz safida o'zining 50-uchrashuvini o'tkazgan himoyachi Vitaliy Denisov o'z fikrlarini bildirdi.
- Iroqqa qarshi o'yin haqida nima deya olasiz? Bugun siz uchun terma jamoa safidagi yubiley 50-o'yin bo'ldi.
- Albatta, milliy terma jamoa tarkibida 50ta uchrashuvda maydonga tushish yaxshi ko'rsatkich. Yubiley o'yinimda g'alaba qozonganimiz ham xursand qilmay qo'ymaydi. Bahsga kelsak birinchi bo'limda ustunlikka ega bo'ldik. Faqat darvozamizga penalti belgilangan vaziyatni hisobga olmasak, qolgan vaziyatlarda biz to'pni nazorat qildik. Juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, ikkita-uchta gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda raqib esa katta kuch bilan hujumga o'tishdi. Yigitlar biroz charchab qolishdi, balki zaxiradan tushgan qaysidir futbolchilar o'yinga qo'shilib keta olishmagandir. Umuman olganda biz uchrashuvda birinchi raqam ostida o'ynadik.

- Ikkala bo'lim oxirida himoyada qandaydir sarosima bo'ldi. Bunga sabab nima?

- Bo'lib turadi. Bazida hushyorlik yo'qotiladi, buyuk klublar futbolchilari ham shunday xatolarga yo'l qo'yib turishadi. Umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik deya olaman.

- Hakamlik borasida nima deya olasiz?

- Agar Iordaniya bilan o'yin bilan taqqoslasak bugun hakamlar juda yaxshi ishlashdi. Osiyo hakamlar uchun juda ham kam uchraydigan holat kuzatildi. Ular bizga o'ynashga imkon berishdi. Hakamlar ishida to'liq qoniqdim.

 
Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика