Villian muxlislarning tahdidi sabab "Korintians" bilan shartnomasini bekor qildi
13 avg 2022 13:30
Yangiliklar
Villian muxlislarning tahdidi sabab "Korintians" bilan shartnomasini bekor qildi
"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi Villian "Korintians" bilan shartnomani bekor qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, rahbariyat 34 yoshli o'yinchining shartnomani zudlik bilan bekor qilish borasidagi so'rovini qabul qildi. 2023 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan kelishuv muddatidan oldin bekor qilindi.
"Braziliyaga menga tahdid qilishlari uchun kelmadim. "Korintians" yutqazganda va o'yinim chiqmagan payti ijtimoiy tarmoqlar orqali oilamga tahdid va lanatlar yo'llanmoqda. Xotinim, qizlarim va biroz vaqtdan so'ng otam va opamga ham hujum qila boshlashdi", — deydi Villian.
Villian joriy mavsum "Korintians" safida 36ta o'yinda 1ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt forvardni 5,5 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar