Villian "Fulxem"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdi
30 avg 2022 19:15
Yangiliklar
Villian "Fulxem"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdi
"CHelsi" va "Arsenal" sobiq vingeri Villian "Fulxem"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.
12 avgust kuni Villian "Korintians" bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi. 34 yoshli braziliyalik klub muxlislari bilan til topisha olmadi.
Futbolchi 2013 yildan 2020 yilgacha "CHelsi"da o'ynagan, shundan so'ng yana bir yil "Arsenal"da o'ynagan, keyin esa "Korintians"ga ketgan.
Villian o'tgan mavsum "Korintians" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar