So’nggi yangiliklar

09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  4 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  7 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7

Viktor Kumikov: "Turon" bilan bundan-da yaxshiroq o'yin namoyish etamiz" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Turon" bilan bundan-da yaxshiroq o'yin namoyish etamiz"

“Andijon” – “G'ijduvon” (2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

-  Viktor Balyutovich, g'alaba bilan tabriklayman! O'yin yoqdimi?

-  Ikki xil fikrdaman. O'yinni dastlabki daqiqalaridan o'z nazoratimizga oldik, harkatlarimiz yaxshi bo'ldi. Barchasi shunday ketadi, deb tasavvur qilayotgandik. Ikkinchi taymda esa biz o'ylagan natijalar doim ham amalga oshmadi. Hozir kiyinish xonasida gaplashib oldik. Bunday o'ynash yaxshi emas. “Turon” bilan bundan-da kuchliroq o'ynaymiz. 

-  Zafar Polvonov bugun debyutini o'tkazdi va debyut golini urdi...

-  Zafar Polvonov biz bilan yig'inda bo'lmadi. Jamoani hali to'liq tushunib etmagan. Lekin men uni bilaman. Avvalgi jamoamda qo'l ostimda o'ynagan. SHuning uchun imkoniyatlaridan yaxshi xabardorman. U qaysi vaqtda gol urishni juda yaxshi biladi. SHu sababli bu futbolchi yuqori darajadagi o'yinchi. Xususan, Suhrob Berdiev bilan Zafar Polvonov yaxshi o'yin ko'rsatishdi. 

-  Polvonovni zaxiradan tushirayotganingizda unga nima degandingiz?

-  Unga nima qilish kerakligini alohida tushuntirdim. Hujumda qanday harakat qilish kerakligini aytdim. Qanotda o'ynashi bo'yicha vazifasini bildirdim. 

-  Vladimir Bubanya bilan gaplashdingizmi? U nima uchun penaltidan gol ura olmadi?

-  Keyin aytaman (kuladi).

-  “Turon” bilan o'yinda ko'proq gollar kiritish hisobiga g'alaba qozonishni xohlaymiz...

-  Bizni “Turon” bilan ikkita o'yinimiz bor. Nechta gol urishimizni oldindan ayta olmayman. Muhimi, yutsak bo'ldi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика