So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Viktor Karpenko: "Futbolda kuchlilarning qo'li baland keladi" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Futbolda kuchlilarning qo'li baland keladi"

Coca-Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Viktor Karpenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'ylaymanki, bahs muxlislarga yoqdi. Birinchi taymda o'yinimiz umuman o'xshamadi. Tezkor gol o'tkazib yubordi va penaltidan unumli foydalana olmadik. Yigitlar xarakter ko'rsatishdi, bu uchun rahmat. Ikki jamoa ham yutishni istagandi, ammo futbolda kuchlilarning qo'li baland keladi. Bugun biz kuchli edik, shuning uchun g'alaba qozondik.

 - Jamoangiz mana ikkinchi o'yindirki, birinchi taymda unchalik yaxshi o'ynolmaydi, lekin ikkinchi taymda yaxshi harakat qiladi. Bu nima bilan bog'liq?  Uslub shunaqami?

- O'ylashimcha, bu o'yin uslubi emas, bunaqa uslub hech qaerda yo'q. Har bir jamoa raqibdan kelib chiqib o'yin tashkil qiladi. Dastlabki daqiqalardanoq faol o'yin ko'rsatish lozim. Umid qilamanki, keyingi uchrashuvlarda har ikki taymda faol harakat qilamiz. 

- Jamoada penalti tepuvchi kim? Jamoa bir oila bo'lishi kerak emasmi?

- Bilasizmi, jarima zarbasi yoki penalti tepuvchi o'yinchi bo'lmaydi. O'ziga ishongan odam tepadi. Biroq bugun tushunmovchilik yuzaga keldi. Buni ko'rib chiqamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика