So’nggi yangiliklar

22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  67 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  9 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  49 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

Vesko Steshevich: "Raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermagan bo'lsak ham bugun ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermagan bo'lsak ham bugun ochko yo'qotdik"

O'zbekiston kubogi birinchi turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Yunired" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yinga kelsak, o'yinchilarimiz uchrashuv boshida o'zlariga o'xshashmadi. O'yin boshida juda yomon harakat qildik. 25-daqiqadan keyin nimadir qilishni boshlashdi. Gol kiritdik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni kuchaytirish uchun o'zgarishni amalga oshirdik. Biroq, ikki marta yon chizig'idan so'ng gollar o'tkazib yubordik. Raqibga vaziyatlar yaratishga imkon bermagan bo'lsak ham bugun ochko yo'qotdik. Bir necha o'yinchilarni almashtirdik va asosiy tarkib futbolchilarini tushirdik. Bir necha vaziyatlar yaratdik, o'yinni yutib ketishimiz ham mumkin edi. Biroq bunday bo'lmadi. 

- Nima sababdan ikkinchi tarkibni maydonga tushirdingiz?

- Biz barcha o'yinchilarni ko'zdan kechirishni xohladik. Zaxirada bir necha o'yinchilar bor edi. Ularni maydonga tushirdik. Biroq ikkita autdan so'ng gollar o'tkazib yubordik. Bu holatda albatta savol tug'iladi. 

- Optimal tarkibni aniqlab olishingiz uchun sizga qancha o'yin kerak bo'ladi. Baribir yangi murabbiysiz...

- Biz barcha o'yinchilarni o'rganib bo'ldik. Ikkita o'yinda hammani ko'zdan kechirib bo'ldim. Asosiy tarkib va asosiyga yaqin bo'lgan tarkib allaqachon aniq. Gap faqat ularning formasida. G'ofurov jarohat olgani yaxshi bo'lmadi. 

- Ikki o'yindan keyin o'zbek futboli haqidagi fikringiz qanday?

- To'g'risini aytsam, ijobiy fikrlar paydo bo'ldi. Yigitlar kuchli texnik futbol o'ynashadi. Masalan, bugungi raqibimizning Pro ligadagi o'yinlarini kuzatganimda to'g'risi xayron qoldim. Ularning darajasi Superliga klublarinikidan unchalik ham farq qilmaydi. 

- Ispan murabbiyidan keyin jamoada qanday o'yin uslubini qurmoqchisiz?

- Men o'zimdan oldingi murabbiyning ishi haqida gapirmoqchi emasman. O'sha murabbiy bir yarim yil jamoani boshqargan. O'yinchilar olib kelgan, jamoani qurgan. Hozir ko'p narsani o'zgartirish qiyin bo'ladi. Kichik o'zgarishlar qilishimiz mumkin, ammo "Metallurg" o'z yo'lida davom etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика