So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

“Verona” ustozi “Yuve” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: “Mavsumni bu qadar yaxshi o'tkazishimizini kutmagandim” Yangiliklar

“Verona” ustozi “Yuve” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: “Mavsumni bu qadar yaxshi o'tkazishimizini kutmagandim”

“Verona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Yurich A seriya 23-turida “Yuventus” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugun bizdan ko'proq xarakter ko'rsatishimiz talab qilingandi. CHunki biz bu bahsda doimgidek tezkor va xavfli o'yin ko'rsatolmadik. Dastlabki 35 daqiqa yaxshi kechdi, so'ngra juda ko'plab vaziyatlar yaratdik va shuncha xatolarga ham yo'l qo'ydik. SHunga qaramay o'yinda g'alabani o'zimiz tomonga og'dira oldik. Yigitlarning harakatlaridan shunchaki mamnunman va ular uchun xursandman.

Nima deyishgayam hayronman. Biz mavsumni yaxshi o'tkazishni istagandik. Lekin bu qadar yaxshi kechishini ochig'i, kutmagandim. Jamoamizda ko'plab yosh futbolchilar bor va ular A seriya bahslarini o'zgacha bir ishtiyoq bilan o'tkazish niyatida. Masalan Marash Kumbula bugun Duglas Kostani “zararsizlantirish”ning uddasidan chiqa oldi.

Biz o'z uslubimizda futbol o'ynashga qaror qilgandik. Albatta bu biroz xavfli, ammo raqibga etarlicha qarshilik tug'dira oladi”, deydi Yurich.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика