Varan MYU bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchishga tayyorlanmoqda
05 avg 2021 16:52
Yangiliklar
Varan MYU bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchishga tayyorlanmoqda
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan "qizil iblislar" bilan shartnoma imzolash uchun Manchesterga yo'l olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda. Francuz "Manchester Yunayted" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati borasidagi band bo'ladi. Himoyachining transferi manchesterliklarga 50 mln evroga tushadi.
Rafael "Real" tarkibida 2011 yildan beri o'ynaydi. Varan "qirollik klubi" bilan 3 bor Ispaniya chempioni va 4 bor CHempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar