So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

VAR APLda 39ta golni bekor qildi, Mane, Jezus va Evans eng ko'p jabr ko'rgan. Opta hisobotidan asosiy raqamlar Yangiliklar

VAR APLda 39ta golni bekor qildi, Mane, Jezus va Evans eng ko'p jabr ko'rgan. Opta hisobotidan asosiy raqamlar

Eng ko'p xursand bo'lgan klub "Manchester Yunayted" bo'lsa kerak.

Angliyada hakamlar xatosi doimo etarlicha bo'lgan, ammo VAR ishga tushishi bilan bahslar yanada ko'paydi. Opta kompaniyasi VARning APLdagi faoliyati bo'yicha hisobot tayyorladi. Pastroqda - hisobotdagi asosiy malumotlar.


- VAR APLning barcha 250ta uchrashuvida bor edi. Bu vaqt ichida tizimga 243 marta murojaat qilindi.


- 169ta vaziyatda videoassistent maydondagi hakamning qarorini tasdiqladi. 74ta holatda esa VAR referi fikriga qarshi chiqqan. Ammo hakamlik korpusida malumotlar biroz boshqacha: Videoassistentlar 1600ta vaziyatni ko'rib chiqib, 75 marta hakam fikrini o'zgartirishgan. Malum bir voqeani ko'rib chiqish uchun o'rtacha 80 soniya kerak bo'lgan.


- VARga ko'proq 2019 yilning dekabrida murojaat qilingan (73 marta). Buning hayron qoladigan joyi yo'q, chunki yilning eng so'nggi oyida boshqa 30 kunliklarga nisbatan ko'proq o'yin o'tkazilgan.


VAR 39ta vaziyatda hakam qarorini tasdiqlab, golni hisobga olgan. Xuddi shuncha gol VAR ekrani oldiga borgan referi tomonidan bekor qilindi. Videoassistent tizimi maydondagi hakamlar bekor qilgan 9ta golni hisobga oldi.


- Penaltilar. Videoassistentlar 21ta vaziyatda hakamning 11 metrlik nuqtani ko'rsatganiga qo'shilishdi. VARdagilar yana 6ta vaziyatda arbitrga penalti borligiga sabab ko'rsatib berishdi.


VAR 52ta vaziyatda hakamlar fikriga qo'shilib, 11 metrlik jarima zarbasi yo'qligini tasdiqlashdi. Referilar penalti nuqtasini ko'rsatgan 6ta vaziyatda videoassistentlar qarorni o'zgartirishdi.


- Opta VAR qaroridan qaysi klub ko'proq foyda ko'rganini aniqladi. Videoassistentlar hisobga olgan va bekor qilgan gollar statistikasini taqdim etamiz:


5ta jamoa VARdan xursand: "Bornmut", "Kristal Pelas", "Nyukasl" va "Uotford"da +1 (yani, tizim orqali bitta penalti tepishgan yoki gol hisobga olingan). "Manchester Yunayted"da +3, Sulsher jamoasi bu ko'rsatkich bo'yicha etakchi.


"CHelsi", "Tottenxem", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Vulverxempton"da -2.


VARdan eng ko'p aziyat chekkan "Lester" (-4) va "SHeffild Yunayted" (-5) bo'ldi.


- Videoassistentlar ko'proq Sadio Mane, Gabriel Jezus va Jonni Evans golini bekor qilishibdi. Ular urgan 2tadan gol VAR tufayli hisobga olinmagan. Bu uchlikda faqat Manening hakam tomonidan bekor qilingan goli, VAR tomonidan hisobga olingan.


Qiziq, bekor qilingan/hisobga olingan gollar balansi bo'yicha faqat bir futbolchi plyusda. Bu "Kristal Pelas" futbolchisi Konnor Uikxem. U joriy mavsum bor-yo'g'i bitta gol urgan (1 yanvar, "Norvich" darvozasiga). Laynsmen avvaliga ofsayd bor deb o'ylab, bayroqchasini ko'targan bo'lsa, takroriy lavhada raqib himoyachisining oyog'i darvozaga yaqinroqligi ko'ringan.


- YouGov tadqiqot agentligi muxlislarning VARga bo'lgan munosabatini aniqlashga urindi. So'rovnomada ishtirok etganlarning faqatgina 4% VAR yaxshi ishlayotganini takidlagan. Yana 23% tizim yomon emasligini aytgan.


Negativ baholar sezilarli darajada ko'p: 26% ishtirokchilar videotakrorlardan foyda bo'lmayotganini bildirgan. Yana 34% esa VAR juda yomon ishlayotganini takidlagan.


SHunga qaramay, 74% muxlislar VAR APLda qolishini xohlamoqda. Ammo bir shart bilan - texnologiya ustida ishlash kerak.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика