So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  15 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

Van Marveyk Saudiya Arabistonini qanday qilib jahon chempionatiga qaytardi? Yangiliklar

Van Marveyk Saudiya Arabistonini qanday qilib jahon chempionatiga qaytardi?

Saudiya Arabistoni terma jamoasi 1994-2006 yillar oralig'ida to'rt marta jahon chempionatida ishtirok etgan.

Bu vaqt mobaynida Osiyoning top guruhlarida  “Yashil lochinlar” jamoasi edi va olamshumul sahnada aniq namoyon bo'lgan. Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak, ularning JCHdagi ishtiroki 1996 yil Osiyo Kubogida zafar quchishiga, 2000 va 2007 yil esa ikkinchi o'rinni egallashiga imkon yaratdi.

G'alabaning davomiy ravishda saqlanib qolishi jamoa omadini to'satdan o'zgartirib yubordi. Bu hol muxlislarni ham chalkash holatga solib qo'ydi. Janubiy Afrika Respublikasida bo'lib o'tgan 2010 yilgi mundial saralash bahslari ular uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Ular Janubiy Koreya va KXDRdan keyin 3-o'rinni egallashdi. Bahrayn bilan bo'lgan uchrashuvdagi mag'lubiyat keyinchalik pley-off o'yinlaridagi umidlarini puchga chiqardi.

So'nggi yillarda natija yanada pasayib bordi. Jamoa Osiyo Kubogi-2011da guruh bosqichidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Braziliya-2014 uchun saralash bosqichlarida hal qiluvchi raundga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Darhaqiqat, Saudiya Arabistoni “D” guruhida Avstraliya va Ummondan keyin 3-o'rinni egalladi. Xuddi yaraga tuz sepgandek, Osiyo Kubogi-2015da jamoa guruhda qolib ketdi.

Ushbu omadsizliklar tezkor o'zgarishga sabab bo'ldi va jamoada qisqa vaqt ichida etti nafar murabbiy o'zgardi. Bu Saudiya futbol associaciyasi kelgusi ikkita jahon chempionatigacha to'rt nafar malakali murabbiy ishlagan bo'lsa-da, jamoa o'z maqsadiga erisha olmadi. Gollandiyalik Bert van Marveyk 2015 yilning avgust oyida tizginni o'z qo'liga oldi. Bu erda hech qanday iliq tanishuv bo'lgani yo'q. Van Marveyk kelgach, JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichdagi ishtirokka start berildi.

Gollandiya falsafasi
“Yashil lochinlar” van Merveyk boshchiligida Falastin ustidan 3:2 hisobdagi birinchi g'alabani tarixga muhrlashdi. Ichki chempionat boshlanganda van Marveyk va uning yordamchilari futbolchilarni tajriba orqali o'rganishdi va ularni baholab borishdi. Keyinroq SHarqiy Timor bilan hal qiluvchi o'yin 7:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi.   

Gollandiyada yuzaga kelgan total futbol darsini olgan Bert van Marveyk yangi jamoasida ham shu yo'sinda davom etdi. Natijada Malayzi va BAA bilan o'yinlarda g'alaba qo'lga kiritildi. Ular ikkita saralash bosqichida 8ta o'yin o'tkazib, shundan oltitasida zafar quchishdi. Ular “B” guruhida 28ta gol urib, faqat to'rtta to'p o'tkazib yuborishdi.SHuningdek, ikki durang qayd etgan jamoa umumiy hisobda 20 ochko to'pladi. 

Van Marvaeyk qanday qilib etti oyda jamoa taqdirini o'zgartirdi?

U jamoasini 4-3-3 sxemasi bo'yicha rivojlantirdi.
U o'yin tizimining mustahkam bo'lishi uchun boshlang'ich va asosiy tamoyillarni joriy qildi.
U shaxsiy o'zgartirishlar yaratdi va futbolchilarga o'z rejalari bilan shug'ullanish imkonini berdi.

Rossiyaga yo'l
Saudiya Arabistoni uchinchi hal qiluvchi saralashidan so'ng mamlakat futbol associaciyasi yangi murabbiy bilan shartnomani davom ettirishi tabiiy edi. Ular bu muhim ishda mutloq haq bo'lishdi. Hal qiluvchi bosqichda u 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga terma jamoani olib chiqadigan murabbiy sifatida ko'rilayotgandi.

Ichki chempionat tufayli terma jamoa bor yo'g'i uchta o'rtoqlik o'yini o'tkaza oldi. Aynan shu o'yinlarda Van Marveyk terma jamoa uchun nomzodlarning maydondagi harakatlarini ko'rib chiqdi. Ko'p o'tmay, JCH-2018 saralashi boshlandi. Saudiya 2016 yilning sentyabr oyida Tailand (1:0), bir necha kun o'tib Iroq mag'lub etildi (2:1). Ha, qiyin bo'ldi, jamoa ko'rsatayotgan o'yin havas qiladigan darajada emasdi. Ammo olti ochkolik marra omadli zabt etildi. SHu sababli, jamoa azolari va muxlislarda ishonch paydo bo'ldi.

Ishonch borgan sari oshib bordi. Ayniqsa Avstraliya bilan murosasiz kechgan bahsdagi durang - 2:2, hamda Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba (3:0) saudiyaliklarning JCH yo'llanmasiga chindan jiddiy davogar ekanligini ko'rsatib berdi.

Yaponiyadan mehmonda uchralgan mag'lubiyatga (1:2) qaramay, undan keyin Tailand (3:0) va Iroq (1:0) bilan uchrashuvlardagi g'alabalar jamoa yuqori o'rinlarda qolishini taminladi.

Avstraliya bilan o'tgan yana bir dramatik uchrashuvdagi alamli mag'lubiyat (2:3) va BAAga qarshi o'yindagi natija (2:1, BAA foydasiga) Saudiyaning JCH haqidagi orzularini xavf ostida qoldirdi. Oldinda jamoani Yaponiya bilan hal qiluvchi bellashuv kutardi. Asablar tarang. O'z kuchiga bo'lgan ishonch Saudiya Arabistoni termasiga "samuraylar"ga qarshi bahsda ham pand bermadi. Ular minimal (1:0), ammo tarixiy g'alabaga erishishdi va uzoq tanaffusdan so'ng yana katta sahnaga - jahon chempionatiga qaytishdi.

Uchinchi bosqichdagi muvaffaqiyat kaliti
Avvalo hujumdagi omadli harakatlar: jamoa 17ta gol urib, bu borada Yaponiya bilan birga eng yaxshi ko'rsatkich sohibiga aylandi.
Uyda devorlar ham yordam berishi: Saudiya Arabistoni o'z maydonida o'tgan o'yinlarning to'rttasida g'alabaga erishdi va bitta uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytira olish: birinchi bo'limda raqibni o'rganib, unga baho bergan saudiyaliklar 17ta golning 12tasini aynan ikkinchi taymda raqiblar darvozasiga kiritishdi.


Nozima Zaripova tayyorladi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика