So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  26 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  46 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

Valeriy Makagonov xotirasini yodga olib Yangiliklar

Valeriy Makagonov xotirasini yodga olib

Mubolag'a emas, Xorazm viloyati futbolining rivojida O'zbekiston xalq talimi alochisi, respublika toifasidagi hakam Valeriy Makagonovning o'ziga xos o'rni bor.
U o'tgan asrning 80-90 yillarida  Urganch shahridagi futbol yo'nalishidagi sport maktabiga rahbarlik qilib, ko'plab iqtidorli futbolchilarni voyaga etkazish ishiga ulush qo'shdi.  SHuningdek, bu inson o'sha davrlar mamlakatimizda futbol hakami sifatida ham faoliyat yuritgan. Kezi kelganda aytib o'tish joizki, V. Makagonov sobiq ittifoq birinchiligining “B” sinfi doirasidagi uchrashuvlarni boshqargan. Voha futbolining fidoyisi 1993 yili yorug' olamdan ko'z yumgandi.
  
Mana bir necha yildirki, 9 may “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Valeriy Makagonovning porloq xotirasini yodlab turnir tashkil etilayotir.  Urganch shahridagi “Dinamo” o'yingohida viloyat xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan uyushtirilgan navbatdagi musobaqada 2000-2001 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok qildi. Xotira turnirini yuksak saviyada uyushtirishda viloyat madaniyat va sport ishlari hamda xalq talimi boshqarmalari, viloyat futbol federaciyasi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati munosib ulush qo'shdi.
  
O'yinlar avvaliga ikki guruhda olib borildi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar yarim final juftliklarini hosil qilishdi. O'z navbatida viloyat markazining “Do'stlik” va “Xorazm” jamoalari 3 - o'rin uchun maydonga tushishdi. Asosiy vaqtda g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmadi, 0:0. Penaltidan to'p tepishda “do'stlik”chilar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Musobaqa g'olibligi uchun 2-son viloyat bolalar va o'smirlar sport maktabining  “Paxtakor”  va “Lokomotiv-BFK” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu uchrashuvda  “Lokomotiv-BFK” jamoasi 1:0 hisobida ustun kelib, xotira turniri g'olibiga aylandi.
  
Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan respublika “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi o'rinbosari B. Safarov musobaqa borasida iliq fikrlarini bildirib, bunday tadbirlar kelgusida yoshlarni elga sadoqatli, insonlarga nisbatan mehr-oqibatli ruhda voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etishini takidladi. O'z navbatida  g'olib va sovrindor  jamoalar va ularning futbolchilari turnir tashkilotchisi – 2-son viloyat bolalar va o'smirlar sport maktabi tomonidan tegishli darajadagi diplom va sovg'alar taqdirlanishdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика