So’nggi yangiliklar

07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  0 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  1 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  229 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  15

Vadim Abramov: "Lokomotiv"dan biroz ortda ekanimiz g'alati" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Lokomotiv"dan biroz ortda ekanimiz g'alati"

Pro liga 16-turining markaziy o'yini – Dinamo va Lokomotiv (0:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Kutganimizdek qiyin o'yin bo'ldi. Ikkita tengkuchli jamoa o'yiniga guvoh bo'ldik. «Dinamo» uyida o'ynadi, muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonmoqchi edik, ammo durang qayd etildi. Ikki jamoada ham vaziyatlar bo'ldi, darvozabonimiz muhim pallalarda qutqardi. Hisob o'yinga yarasha bo'ldi. 


- Bu o'yindan birgina taskin – mag'lubiyatsiz seriyaning davom etgani bo'ldi...

- Mag'lubiyatsiz seriyamiz 22ta o'yinga etgani yoki «Loko» bu mavsum 3-o'yinda ham bizni mag'lub eta olmagani bu qanchalik quvonarli bilmayman, ammo shunaqa seriyamizga qaramay turnir jadvalida raqobatchilardan o'zib keta olmaganimiz, aksincha ulardan biroz ortda ekanimiz men uchun g'alati. O'yin natijasidan qoniqmadim, muhim ochkolarni yo'qotdik. 4 kun oldin kubok doirasida o'ynaganimiz bois, bizga bugun yangi kuch etishmadi.


- «Dinamo» 3-o'ringa tushdi, Superliga yo'llanmasi uchun imkoniyatni qanday baholaysiz?

- 2-o'rinda bo'lgan paytimiz imkoniyatimiz qanday bo'lsa, hozir ham shunday. Hammasi oldinda. Oldinda 5ta tur va 3 oy vaqt bor. 


- SHu hafta oxirida esa «Aral»ga qarshi Nukusda qiyin safar o'yini bor...

- Ha, 10 sentyabr kuni navbatdagi uchrashuvni o'tkazamiz. Ustiga-ustak bu bahsda Qirg'iziston milliy jamoasiga yo'l oladigan hujumchimiz (Kojo Joel) bo'lmaydi. Har qanday holatda ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz shart.


- Kubokni yutish yoki Superligaga yo'llanma olish. Qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

- Ikkisini ham tanlagan bo'lardim. Ammo nima bo'lishi faqat Yaratganga ayon. Birinchi vazifamiz Superligaga qaytish. Kubokda esa qo'ldan kelgancha intilamiz. 


- Kubok o'yinlari jamoaning Pro ligadagi natijalariga qanday tasir qilmoqda?

- Avgustning o'zida ketma-ket o'yinlar o'tkazib, yuklamani his qildik. Keyingi turni 10 sentyabrda o'tkazishimizni bilamiz, ammo undan keyingi taqvimni bilmaymiz. Kubok yarimfinali qurasi o'tdi, raqibni bilamiz, ammo ularga qarshi qachon o'ynaymiz buni ham bilmaymiz. Mana shunday qiyinchiliklarga ham duch kelyapmiz.


Hozirgi vaziyatimizda bizdan talab qilinadigani yanada yaxshiroq ishlab, maydonga chiqib yutish. Yigitlarga o'yin uchun rahmat. Bugun ikki ochko yo'qotdik. Alamlisi, avvalgi turlarda turnir jadvalining ikkinchi qismidagi klublar bilan bahslarda ochkolarni yo'qotganimiz bo'ldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика