So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  2 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  21 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  16

Vadim Abramov: " Yirik hisobdagi yutuqni kutmagandik" Yangiliklar

Vadim Abramov: " Yirik hisobdagi yutuqni kutmagandik"

"Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Vadim Karlenovich Abramov qatnashdi.

O'yinni hamma ko'rdi. SHuning uchun savollarga o'tsak ham bo'ladi.

- Yirik g'alaba qozonishingizni avvaldan sezganmidingiz?

- "Nasaf" kuchli jamoa. Biz bu o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Yirik hisobdagi yutuqni kutmagandik. Biz avvaldan qarshi hujumlar rejasi asosida o'ynamoqchi bo'lgandik.

- Ivan Nagaev zaxiradan maydonga tushirildi. Birinchi davradagi o'yinlarda jamoaning ko'plab gollarini aynan shu hujumchi kiritgandik.

- Bizni jamoada ko'plab tajribali futbolchilar bor. Raqobat kuchli. Biz imkon darajasida hamma futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Har bir o'yinga, raqibga qarab tarkib va taktika tanlaymiz.

- Birinchi davradagi eng qiyin o'yin aynan "Nasaf"ga qarshi bo'lgandi degandingiz. Bugungi bahsda osonlik bilan g'alaba qozondik deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, aytib o'tganimdek raqib ancha kuchli. Mavsum avvalida biz "ajdarlar"dan kuchsizroq edik. Hozir esa istalgan raqib bilan bellasha olamiz. Bugungi o'yin shu qadar kechdiki, bizda ko'plab gollar kiritish imkoniyatlari yuzaga keldi va futbolchilarim bu vaziyatlardan unumli foydalana olishdi. Darhaqiqat, hozirgacha eng qiyin kechgan bahs "Nasaf" bilan bo'lgan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика