So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  3 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  5 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Vadim Abramov: "Bizda hali jamoaviy o'yin shakllanmagan" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizda hali jamoaviy o'yin shakllanmagan"

Superliga 17-turi doirasidagi Dinamo - Bunyodkor (1:2) o'yinidan keyin dastlab Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





- Nima ham derdim, yomon o'ynayapmiz, shu bois natijalarimiz ham yaxshi emas. Birinchi bo'limni juda ham yomon o'tkazdik, shunga qaramay gol kiritib, hisobda oldinga chiqdik. Ikkinchi bo'limda esa yo'q joydan gol o'tkazayapmiz. Agar yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda, ehtimol o'yin boshqacha kechardi. Hozirgi vaziyatda o'yin jihatdan ham yomon ko'rinayapmiz. 

- Ikkinchi bo'lim ko'rsatdiki, «Dinamo» jismonan yomon ahvolda. Bu fikrga qo'shilasizmi yoki bizga shunday ko'rindimi?

- SHubhasiz, fikringizga qo'shilaman. SHu sababli ham biz so'nggi o'rindamiz. Statistikani alday olmaysan. Hammadan kam gol kiritib, hammadan ko'p gol o'tkazib yuborganmiz. 

Jamoada uchinchi o'yinimni o'tkazyapman va uchinchi o'yindirki darvozamiz tomon penalti qo'yilmoqda. Vaziyatlarda o'zimizga ishonmay, xatolarga yo'l qo'yib, jarima maydoni ichida o'yin qoidasini buzayapmiz va o'z darvozamizga penalti olib kelyapmiz. 

- Jamoada ish boshlashdan avval vaziyatni tahlil qilgansiz, qanday tavakkalga qo'l urayotganingizni bilgansiz. Buyog'iga hozirgi vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Jamoani ligada olib qolish imkoniyati paydo bo'lishi uchun kamida 5ta o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Ammo biz qo'l ostimdagi dastlabki uch o'yinda mag'lub bo'ldik. Oldinda 9ta o'yin qoldi. Hozircha oldinda yorug'lik ko'rinmayapti, ko'ramiz.

- Bugun gol muallifiga aylangan SHohrux Abdurahmonovning o'yinini qanday baholaysiz?

- SHohrux – umidli futbolchi, ammo unutmaslik lozimki har bir futbolchi ham jamoaviy o'yindan kelib chiqib, o'ynaydi. Faqat bir kishi maydonda jang qila olmaydi. Bizda hali jamoaviy o'yin yo'q. Afsuski, yigitlar maydonda katta hajmdagi ishni bajarishmoqda, ammo yugurish shart bo'lmagan, shunchaki aql bilan ish ko'rish lozim bo'lgan joyda bunday qila olishmayapti. SHunga achinaman. To'pni olgach ham, maydonda ochilib, bir-birimizga yordam bermayapmiz. Futbol bunday o'ynalmaydi, axir. 

- «Dinamo» qo'l ostingizdagi 3ta o'yinda ham maydonda birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashga intildi, hattoki «So'g'diyona»ga qarshi bahsda ham. Odatiy taktikangizga qarshi borib, himoyadan o'ynash haqida o'ylamayapsizmi?

- Albatta, himoyadan ham o'ynash mumkin, agar sizda himoyachilar etarlicha bo'lsa. Ammo bizda kimlar himoyada o'ynayotganiga qarang. Mana bugun ham 1:0 hisobida oldinda borayotganda, oldinga yuguring deganimiz yo'q, aksincha himoyadan o'ynab, qarshi hujumda o'ynash talab etilgandi. Mana, himoyadan o'ynashga qaror qildik va 5 daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. Bu nimadan dalolat? Ko'ramiz, oldinda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика