So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Ushbu yozda “Real”dan ketishi va jamoaga kelishi mumkin bo'lganlar (FOTO) Yangiliklar

Ushbu yozda “Real”dan ketishi va jamoaga kelishi mumkin bo'lganlar (FOTO)

CHempionlar Ligasining finaliga etib borgan madridliklarning tarkibida bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar haqida ikki og'iz...

Kelishi mumkin bo'lganlar:

Luis Suares
Narxi: 52 million evro (transfermarkt.de)


“Men “Liverpul”dan ketmayman” deydigan futbolchi oltin medallardan quruq qolgani sababli o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin.


Filippe Koutino
Narxi: 20 million evro


Koutino ham aynan chempionlikdan mahrum bo'lganligi sababli klubdan ketishi mumkin.


Arturo Vidal
Narxi: 44 million evro


Jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Xabi Alonsoning o'rniga klub bosh murabbiyi chililik Arturo Vidalni mo'ljallamoqda.


Pol Pogba
Narxi: 45 million evro


Matbuotda vaqti-vaqti bilan Pogbaning transferi borasida xabarlar tarqalib turdi.


Alberto Moreno
Narxi: 15 million evro


Ayni paytda ishonchlarni oqlay olmayotgan Koentrauning o'rniga Morenoning kelish ehtimoli mavjud.


Ketishi mumkin bo'lganlar:

Karim Benzema

Narxi: 15 million evro


Ora-sirada uch metrdan bo'sh darvozani ishg'ol qilib turadigan Benzemaga Arsenal, Yuventus va Liverpul jamoalari tomonidan qiziqish bor.


Rafael Varan
Narxi: 24 million evro


Mourino davrida futbolchini klubning kelajagi sifatida ko'rishayotgan edi. Lekin Anchelotti uni zahiraga mixlab qo'ydi.

Isko
Narxi: 35 million evro


Manuel Pellegrini “Manchester Siti” tarkibiga “ispan koloniya”sini yig'moqda. U “shaxarliklar” tarkibiga o'zining “Malaga”dagi sobiq futbolchisini qo'shib olmoqchi.

Sami Xedira
Narxi: 22 million evro


SHerigi Mesut Ozilning jamoadan ketganidan so'ng futbolchi avvaliga zerikib qoldi. So'ngra jarohati sababli 7 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yubordi. Unga “Zenit” va “Manchester Siti” jamoalaridan qiziqish bildirilmoqda.

Alvaro Morata
Narxi: 12 million evro


Ayni paytda Morata oldida 3 ta yo'l turibdi. “Arsenal” tarkibida to'p surish, “Inter”ga borib milanliklar safida harakat qilish yoki “Real” zahira o'rindig'ini “gullatish”da davom etish.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика