So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  2 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   13 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  6 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

"Umaralidan futbolchi chiqishiga hech kim ishonmagan edi" - Osiyo chempionlarini tarbiyalagan murabbiy Alisher Ibrohimov bilan intervyu Yangiliklar

"Umaralidan futbolchi chiqishiga hech kim ishonmagan edi" - Osiyo chempionlarini tarbiyalagan murabbiy Alisher Ibrohimov bilan intervyu

Nafaqat o'tgan haftaning, balki mart oyining katta voqeligi yoshlar terma jamoamizning Osiyo chempionligini qo'lga kiritgani bo'ldi.

Albatta bunda murabbiylar shtabining mehnati katta. Biroq futbolchilarning bu darajagacha etib kelishida ularni bolaligidan millionlar o'yini sir asrorlarini o'rgatgan ilk murabbiylarining hissasi beqiyos. Bugungi kunda terma jamoa azolari Umarali Rahmonaliev, Abduqodir Husanov, Mahmud Mahamadjonov, SHahzod Nematjonov, Po'latxo'ja Xoldorxonovlarni "Bunyodkor" akademiyasidagi murabbiyi Alisher Ibrohimov hisoblanadi. Yaqinda bolalar futbolida ulkan tajribaga ega mutaxassis bilan suhbatlashish, fikrlarini tinglash istagi tug'ildi. 

2003 yilda tug'ilgan yuqorida siz aytgan bolalarni 2013 yil qabul qilib olganman. Eslasangiz avvallari A va B guruhlari bo'lardi. B guruhga meni murabbiy sifatida tayinlashdi. Munosiblarni olib qoldim. Qolganlarni esa viloyatlardan qidirishni boshladim. Turnirlarni kuzatdim. U vaqtda "Spartak", "Paxtakor", "Bunyodkor" bir-biriga raqobatchi, hozirgidek "Odil Ahmedov FA" va boshqa shunga o'xshash jamoalar deyarli yo'q edi hisob. Mana endi raqobat oshmoqda. Maqsad chempion bo'lish emas, bolalarni topib tarbiyalash . Namanganga shunday turnirlardan biriga borib Umarali Rahmonalievni topdim. 9 yoki 10 yosh paytlar edi. Turnir tugagach uni o'yinini ko'rish uchun Namanganga yana 2,3 marotaba borishimga to'g'ri keldi. Oxiri baribir olib keldik. Bu pallada Po'latxo'ja Xoldorxonov, Mahmud Mahamadjonov, Abduqodir Husanov jamoada edi. Keyinchalik Umid Sultonov, SHahzod Nematjonov, Humoyunshoh Sayyotov qo'shilishdi. Mahmud avval himoyachi bo'lmagan, aqlli o'ynashini hisobga olib o'rtaga qo'yardim. Keyinchalik poziciyasi o'zgarib ketdi. 

Umaralidan futbolchi chiqishini hech kim kutmagan. Bo'yi past, jismonan baquvvat emasdi.  Salohiyatini ko'rib nimadir borligini ko'rdim. Ko'zimiz etgan. Bo'lmasa olib kelmasdik. 2 yil davomida ishladik. Keyin u A guruhga o'tdi. B guruh bilan ko'plab musobaqalarda g'olib chiqdik, chempionatda ham peshqadam bo'lganmiz. Ishlarimiz yaxshi ketayotgan pallada meni A guruhga o'tkazishdi. Xudoga shukur qilaman, ko'pchiligi yuzimizni yorug' qildi. Umaralini shu darajaga kelishida onasi ham elkama-elka turdi, deb o'ylayman. CHunki akademiya yotoqxonaga 12 yoshdan qo'yardi. Onasi bilan kvartira olib, navbatlarda turib uydan qatnagan. Juda mehnatkash futbolchi. Har bir o'yindan oldin duo olib tushadi. 2003 yillar o'zi omadli jamoa chiqib qoldi, deyarli barchasi o'ynab ketdi. Poydevorni yaxshi qo'ysangiz keyingisi ham to'g'ri bo'ladi. Mehnatlarimiz samara berayotganidan xursandman. Omadini bersin.

— Osiyo chempionligiga kelsak, Ravshan aka Haydarov kuchli mutaxassis ekanligini yana bir bor ko'rsatdi. Ularga faqat havas qilamiz. Terma jamoa o'yindan o'yinga kuchayib bordi. Boz ustiga, stadiondagi atmosfera ham yordam berib yubordi, deb o'ylayman. Bu bosimni ko'taradigani bor, sinib qoladigani bor. Bundan olib chiqib ketish murabbiyning mahorati. Ravshan aka hali Jahon chempionatiga ham yigitlarni munosib tayyorlaydilar. 

— O'zbekiston yoshlari musobaqada kuchli terma jamoalardan ustun kelishdi. Men nafaqat bu yosh, balki qolgan yosh toifasidagi jamoalarda ham Avstraliya, Koreya, Saudiya Arabistonidan qo'rqish degan narsani ko'rmayapman. O'zlariga ishonchi katta. Bemalol o'ynaydigan payt ham keldi-da! Ulardan ustun bo'lsak, bo'lyapmizki, kam joyimiz yo'q. Xudo xohlasa hammasi oldinda. 

— Finalda hal qiluvchi pallada penalti tepilayotgan vaziyatga qaramadim. Baribir shu vatan uchun achinasiz, hayajon bo'lishi tabiiy hol. 11 metrda barchasi ishonchga bog'liq. Umaralida shu narsa bolaligidan shakllangan. Bu hammamizning yutug'imiz. Tashqaridan qaraganda osondek. Ammo bir narsaga erishish uchun qancha asab, qancha stresslarni boshdan kechiramiz. CHetdan turib bolalar futboli-ku, deb qo'yishadi. Hamma ham ishlaydi, lekin qanday ishlashni bilmaydi. Bola qo'l ostingizga kelganida bamisoli hali "loy" bo'ladi, uni yillar davomida shakllantirib sanat asari darajasigacha chiqarishingiz kerak. Qiyinchiliklari ko'p. Katta jamoalarga borganda ustoziga lanat emas, rahmat olib kelsin.  Hozirgi 2009 yillar jamoamda ham salohiyatli kelajagi bor bolalar ko'p. Nasib qilsa, 2 yildan keyin ko'zga ko'rina boshlashadi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика