Umar Eshmurodov: "O'zbekiston guruhdan muammosiz chiqishi kerak"
28 iyu 2023 17:00
Yangiliklar
Umar Eshmurodov: "O'zbekiston guruhdan muammosiz chiqishi kerak"
Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Eron, Turkmaniston jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Yana bir raqibimiz Gonkong va Butan o'rtasidagi o'yinlardan so'ng aniqlanadi. Bu borada terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qura natijalaridan so'ng bu guruhdan bemalol chiqishimiz kerak, degan fikr yuzaga keldi. Eron va Turkmaniston bilan yaqinda to'qnash keldik. Asosiy vazifa keyingi bosqichga yo'llanma olish. U erda esa Jahon chempionati vazifasini bajarishni o'ylashimiz kerak. Bizning terma jamoamiz ham sinovlardan o'tib qiyin o'yinlarga tayyor holatga keladi, deb o'ylayman.
Murabbiylar ishlab chiqqan reja bor. Muhimi oldimizga maqsad qo'yganmiz. Bu yo'lda rahbarlar, murabbiylar, futbolchilar hamma harakat qilyapti. SHunday ekan xotirjamlik haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas",- deydi Umar Eshmurodov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar