So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Umar Eshmurodov: "Jamoaga qaysi chiziqda foydam tegsa, qo'ldan kelgancha yordam beraman" Yangiliklar

Umar Eshmurodov: "Jamoaga qaysi chiziqda foydam tegsa, qo'ldan kelgancha yordam beraman"

O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” azosi Umar Eshmurodov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ketma-ket 2 marta kubok chempionligi haqida

Kayfiyat zo'r, kayfiyat yaxshi. Har safar kubokni qo'lga kiritganda, birorta yutuqqa erishganda kayfiyat baribir yaxshi bo'ladi. Har safar g'olib bo'lishning ham gashti bor. Xudo nasib qilib, ikkinchi safar ham bunga erishdik.

- “Navbahor” gol urganidan keyin, qo'shimcha bo'limlarga o'tildi. O'yin rejasi bo'yicha jamoa bunga tayyormidi?

- Biz har qanday holatda yutuq uchun oxirigacha kurashamiz. Ekstra taym bo'ladimi, 90 daqiqami, farqi yo'q. Asosiy bo'limda g'alaba qozona olmadik, ekstra taymda muvaffaqiyatga erishdik. Agar unda ham bo'lmaganda, penaltilar seriyasida harakat qilardik. Nima bo'lgan taqdirda ham oxirigacha kurashdik.

- “Navbahor”ning javob golidan keyin kayfiyat tushib ketmadimi?

- Endi baribir xato bo'ldi, gol o'tkazib yubordik. Ammo kuchimiz bor edi. “Navbahor” ham bizni juda ham qiyin axvolga solib qo'ymagan va hujumlar qilmayotgandi. SHu tufayli bitta oddiy gol o'tkazib yubordik. Keyin esa o'zimizga kelishimiz u qadar qiyin bo'lmadi.

- Oxirgi o'yinlarda tayanch yarim himoyasida o'ynayapsiz. Ancha yillardan keyin murabbiy sizni mazkur poziciyaga qo'ymoqda. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Ha, qiyinchilik tomonlari bor. Endi markaziy himoyadan ko'ra, tayanch yarim himoyada ko'proq yugurishga to'g'ri keladi. Endi baribir murabbiy qaysi chiziqqa qo'ysa va jamoaga qaerdan foydam tegsa, qo'ldan kelgancha yordam beraman.

- Superligadagi ilk chempionlik haqida

- Nasib. SHunga harakat qilmoqdamiz. O'yinimiz yomon emas, oxirigacha kurashamiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика