So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Ulug'bek Baqoev: “Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi” Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: “Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi”

Superliganing 16-turid doirasida o'tkazilgan “Sug'diyona” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




“Bugun tartibli o'yin namoyish etadigan, tajribali futbolchilarga ega “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga chiqdik. O'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'rdik, tezkor gol ishimizni osonlashtirdi. Bo'lim so'nggida farqni ikkitaga oshirdik. Ikkinchi bo'limda himoyada o'ynadik, o'ylaganlarimiz amalga oshdi. Futbolchilarimga chiroyli o'yin uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Ularga etirozim yo'q.

Har bir jamoa gol urishni, g'alaba qozonishni istaydi. Raqib kuchli ekanligini bilardik, 2:0dan keyin qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. 

Emociyalar o'yinda bo'lib turadigan holat, bunga ortiqcha etibor qilish shart emas. Buni futbol deydi. O'yin paytida hissiyotlar bo'lishi tabiiy holat. 

Tarkibimizda 22 nafar futbolchi bor. Mavsum davomida har bir futbolchiga o'ynashga imkoniyat bermoqdamiz. SHahbozni o'ng qanot himoyasida o'ynatdik, ikkinchi bo'limda taktikani o'zgartirdik. Raqib standart vaziyatlarda havfli edi. O'tgan turda AGMK bilan og'ir uchrashuv o'tkazdik, ko'rgan bo'lsangiz ko'p kuch yo'qotildi. Kim tayyor bo'lsa o'shani maydonga tushurdim”,- deydi Baqoev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика