Ukraina prezidenti: "Barchamiz Zinchenkoga muxlismiz"
30 iyu 2022 20:40
Yangiliklar
Ukraina prezidenti: "Barchamiz Zinchenkoga muxlismiz"
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Londonning "Arsenal" klubiga o'tgan himoyachi Aleksandr Zinchenko haqida gapirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, u London klubining ko'plab futbolchilarini shaxsan biladi.

"Men "Arsenal"ni qo'llab-quvvatlaymanmi? Ha, ko'p o'yinchilar bilan shaxsan tanishman. To'g'risini aytsam, barchamiz Zinchenkoga muxlismiz. Futbolchilar juda zo'r ishlaydi, mehnat qiladi, ular mashhur insonlar va bizga ko'p yordam berishadi. SHevchenko ham buyuk shaxs. Zinchenkoni SHevchenkodan ko'ra ko'proq yaxshi ko'raman deb ayta olmayman, chunki Andrey men bilan gaplashishni to'xtatadi. Ular muhim insonlar. Xullas, men futbol muxlisiman", – dedi Vladimir Zelenskiy "Piers Morgan Uncensored" YouTube kanali efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar