Uilyams "Atletik" rahbariyatga "Barselona"ga o'tmoqchi ekanini aytdi
25 iyu 01:30
Yangiliklar
Uilyams "Atletik" rahbariyatga "Barselona"ga o'tmoqchi ekanini aytdi
Basklar Nikoning ketishiga to'sqinlik qilmasligini, ammo uning to'liq tovon puli - 62 million evroni talab qilishini aytishgan.
Niko Uilyams "Barselona" safiga o'tishga qaror qilgan. El Chiringuito jurnalisti Edu Velaskoning xabar berishicha, qanot o'yinchisi "Atletik"ka Kataloniya klubiga o'tish istagini malum qilgan. Basklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchining ketishiga qarshilik ko'rsatmoqchi emas, biroq "Barselona"dan Nikoning tovon pulining to'liq miqdori - 62 million evroni olishni xohlashmoqda.
Uilyams yakunlangan La Liga mavsumida 29 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bajargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar