So’nggi yangiliklar

00:00Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  36 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  27 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  3 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  12 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

Uganda termasi bosh murabbiyi: "Sizlarda kuchli murabbiy va futbolchilar bor" Yangiliklar

Uganda termasi bosh murabbiyi: "Sizlarda kuchli murabbiy va futbolchilar bor"

“Navruz Cup-2022” musobaqasi finali doirasidagi Uganda - O'zbekiston (2:4) uchrashuvidan keyin Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevich matbuot anjumanida qatnashdi.


- Dastlab, 46 million aholisi bor Uganda mamlakati tomonidan O'zbekistonga minnatdorchilik bildiraman. Musobaqa yuqori darajada bo'ldi. Bu turnir orqali biz bir nechta yosh iqtidorlarni ko'rib oldik. Namangandagi o'yinlar orqali futbolchilarimizning tajribasini oshirish uchun yaxshi imkon bo'ldi. Bizning va sizlarning chempionat orasida farqlar bor. Sizning chempionatingiz ancha kuchli. Turnirda chempionatimizda to'p surayotgan mahalliy futbolchilarga ham o'ynash imkonini taqdim etdik.

Bu o'yinlar orqali biz o'zimizni sinab oldik. Sinab olish uchun esa kuchli jamoalarga qarshi o'ynashimiz kerak. O'zbekiston esa to'g'ri tanlov bo'ldi. Biz musobaqada g'alabaga erishdik va tajribaga ham ega bo'ldik. Turnir orqali biz Afrika chempionatining saralash o'yinlariga futbolchilarni tekshirib oldik. Sizlarda kuchli murabbiy va futbolchilar bor. Masharipovning golida bizning futbolchilar qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi va gol sovg'a qildik. SHomurodov o'zining goli bilan bizning muammoni yanada kattalashtirib yubordi. Qanotdagi futbolchilaringiz himoyachilarimizni ancha qiynab qo'ydi.

- Jamoamning kelajakdagi rejalari...

- Turnir orqali ko'p narsani o'rgandik. Bizning maqsad g'olib bo'lish emas edi. Turnir orqali jamoamizni sinab oldik. Markaziy Osiyoda yaxshi jamoalar bor. Hozirdan jamoaning 100 foizli tarkibini shaklantirdim demagan bo'lardim. Bu turnir orqali kerakli va ortiqcha futbolchilarni ko'rib oldik. Biz turnir orqali nimalarga qodir ekanligimiz bilib oldik. SHu yilning 1-14 iyun kunlari Afrika chempionatining saralash bahslari bo'lib o'tadi. Unga qadar yanada yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.

- Vaziyatdan foydalangan holda turnir tashkilotchilarga rahmat aytaman. Barchasi ajoyib bo'ldi. Bu erda hamma futbolni sevar ekan. Maydondagi atmosfera ham ajoyib bo'ldi. Ajoyib futbol va mehmondo'stlik uchun yana bir bor rahmat aytaman.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика